Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Mourinyo: "O‘ylaymanki, meni "Roma"dan haydab yuborishmaydi"

Mourinyo: "O‘ylaymanki, meni "Roma"dan haydab yuborishmaydi"

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Tottenxem"dagi faoliyatini esladi. Portugaliyalik mutaxassis "shporlar" rahbariyati unga chiqish eshiklarini ko‘rsatganida bu uning uchun juda yoqimsiz bo‘lganini tan oldi.

“Hozir men hayotim va faoliyatimga bosim yo‘q bosqichdaman. Ha, “Tottenxem”dan haydab yuborishgani juda yoqimsiz bo‘ldi, ammo hozir men bunga hazil bilan munosabat bildiraman.

Umid qilamanki, meni “Roma”dan haydab yuborishmaydi. Bunday holat ko‘pchilik murabbiylarda uchraydi. Bu borada meni o‘zgacha deyish qiyin.

"Tottenxem"da yaxshi odamlar ishlaydi. Ularga muvaffaqiyatlar tilayman. Hatto janob Leviga (Daniel Levi - "Tottenxem" prezidenti, - muallif) ham omad tilayman. "Tottenxem"dan chetlatilganim meni Rimga olib keldi, men bu yerda bo‘lganimdan va "Roma"da ishlayotganimdan xursandman", - dedi Joze Mourinyo.

Kiritildi: 12:27, 12.05.2022.
O'qildi: 2645 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик