Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Messi yoki Ronaldu? Bu safar ular haqida "Forbes" gapiradi!

Messi yoki Ronaldu? Bu safar ular haqida "Forbes" gapiradi!

Baho:
+1 | -

O‘tgan so‘nggi 10 yil davomida dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi to‘rtta sportchining uchtasi futbolchilar edi. Ular ichida esa Ronaldu va Messi ham bor. 2022 yilga kelib, "Forbes" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Messi Ronaldu va Neymarni yuqori ish haqi borasida quvib o‘tdi. Argentinalik futbol afsonasining yillik ish haqi 130 million dollarga yetgan. Ronalduda esa bu ko‘rsatkich 115 millionni, Neymarniki 95 million dollarni tashkil etadi.

O‘tgan yilning avgust oyida "Barselona"dan "PSJ" safiga yo‘l olgan Messi, umumiy maoshining 58 foizini aynan maydondagi harakatlar sabab ishlaydi. "Forbes" Messining 42 foiz mablag‘i turli xil qo‘shimcha sovrin jamg‘armalari va bonuslardan kelishini aytib o‘tgan. Yetti bora "Oltin to‘p" sohibi, 55 million dollarni "Pepsi", "Adidas" hamda "Budweiser" kabi yirik brendlar bilan hamkorlikdan ishlaydi.
Uning eng katta raqibi bo‘lgan Ronaldu ham yozda ko‘chishni amalga oshirgandi. Uning manzili yana "MYU" tomonlarga tushdi. Krishtianu o‘z faoliyati davomida 1 millard dollardan ko‘p mablag‘ga ega bo‘lgan dunyodagi ilk futbolchiga aylangandi. Portugaliyalik ham 55 million dollarni hamkorlik bitimlaridan – "Nike" hamda "Clear Shampoo" reklamasidan ishlagan.
Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda ham faol. Uning barcha medialardagi kuzatuvchilari soni jami 690 million kishini tashkil etadi. Shu sabab, birgina Instagram'ga qo‘ygan posti uchun katta mablag‘ga ega chiqadi.

Neymar "Forbes"ning jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. U ham Messi kabi "PSJ" vakili sanaladi. Braziliya terma jamoasi a’zosi maydonda yiliga 70 million, undan tashqarida 25 million dollar ishlab topadi. U dunyo futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lgandi. Neymarning ko‘chish narxi 263 million dollarga baholangan. Hujumchi Fransiya chempionligini to‘rt marta qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, Parijning eng asosiy maqsadi – YECHL g‘olibligiga yeta olganicha yo‘q.
Shuningdek, "Forbes"ning kuchli o‘nligidan Lebron Jeyms, Stefen Karri, Kevin Dyurant kabi mashhur sportchilar joy olgan. Quyida ularning ro‘yxati taqdim etilgan.

2022 yilning top-10 taligi:

1. Lionel Messi – 130 million dollar
2. Lebron Jeyms – 121,2 million dollar
3. Krishtianu Ronaldu – 115 million dollar
4. Neymar – 95 million dollar
5. Stefan Karri – 92,8 million dollar
6. Kevin Dyurant – 92,1 million dollar
7. Rojer Federer – 90,7 million dollar
8. Kanselo Alvares – 90 million dollar
9. Tom Bredi – 83,9 million dollar
10. Yannis Adetokunbo – 80,9 million dollar.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 19:55, 13.05.2022.
O'qildi: 8619 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик