Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem kelajakdagi faoliyatini haqida gapirdi.
"Men o‘ylayotgan yagona kelajak - "Borussiya Dortmund" uchun keyingi o‘yin. Kelgusi mavsumda ham shu yerda o‘ynayman", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi SportBuzzer.
Avvalroq, 18 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.