Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

OFK va O‘FA prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

OFK va O‘FA prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, joriy yil o‘tkaziladigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa boshchiligidagi OFK delegasiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Bugun poytaxtimizdagi «Hilton» mehmonxonasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov va OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, avvalo, Shayx Salom bin Ibrohim al Xalifa rahbarligidagi Osiyo futbol konfederasiyasining faoliyatini e’tirof etib, keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashganini ta’kidladi. Xususan, OFK prezidentining 3 yil avval qilgan tashrifi chog‘ida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvidan so‘ng mamlakatimizda futbolni rivojlantirish yo‘lida ulkan qadamlar tashlanganini qayd etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining futbolni rivojlantirishga qaratilgan Farmoni asosda futbol infratuzilmasi yanada yaxshilanib borayotganini martabali mehmon ham alohida qayd etdi. O‘FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida 7 yo‘nalish bo‘yicha muntazam o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yilgani, milliy va ayollar terma jamoasi hamda bolalar futboliga malakali xorijlik mutaxassislar jalb qilingani, shaffoflik va halollikni ta’minlash maqsadida VAR tizimini ishga tushirilgani ta’kidlandi.

“OFK bilan hamkorligimiz yangi bosqichga chiqayotganidan mamnunmiz. Yurtimiz Osiyoning bir nechta muhim turnirlarga mezbonlik qildi. Kelajakda ham qit’a miqyosidagi har qanday musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etishda bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Shuningdek biz nafaqat professional, balki ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning har bir mahallasini jalb etgan holda Respublika musobaqalarini tashkil etdik. Ishonamizki, ommaviy futbol odamlarni birlashtiradi va yangidan-yangi iqtidorli yoshlarni kashf qilishga xizmat qiladi. Bu ishlar kelajakda albatta o‘z mevasini berishiga ishonamiz”, — dedi O‘FA prezidenti.

O‘z navbatida Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa ushbu ishlarni yuqori baholab, futbolning eng quyi qismiga e’tibor berish — kelajak poydevorini mustahkamlash deya e’tirof etdi.

“O‘zbekistonni mintaqada salohiyati va imkoniyatlari yuqori bo‘lgan ishonchli hamkor sifatida bilamiz. Ayniqsa sizning boshchiligingizda pandemiya bilan bog‘liq og‘ir vaziyatlarda ham futbol to‘xtab qolmagani, o‘sishda davom etganidan mamnunmiz. Yurtingiz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralashi va U-23 Osiyo kubogi saralashiga mezbonlik qilib, o‘zining keng imkoniyat va salohiyatini namoyon eta oldi. Qolaversa, iyun oyida U-23 Osiyo kubogi final o‘yinlarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatingizga keyingi yirik turnirlarga mezbonlik qilish uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Davlat rahbarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida yurtingizda futbol o‘sib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, — dedi OFK rahbari.

Uchrashuv davomida OFK ijroiya qo‘mitasi tarkibiga o‘zbekistonlik mutaxassislar nomzodini ilgari surish, shuningdek, kelajakda Osiyo futbol konfederasiyasining kongresslarini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifi ilgari surildi. OFK Prezidenti Toshkent viloyatida qad rostlayotgan «Do‘stlik» majmuasining loyihasiga yuqori baho berib, uning Osiyodagi eng yaxshi futbol bazalaridan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi va tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:15, 15.05.2022.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.