Portugaliya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuvda mamlakat chempioniga aylangan “Portu” o‘z maydonida “Eshtoril”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu muvaffaqiyat bilan Serxio Konseysau jamoasi mavsumni 91 ochko bilan yakunladi.
“Ajdarlar” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu Primeira klublari uchun rekord ko‘rsatkichdir. Oldingi rekord 88 ochko bo‘lib, "Benfika" va "Portu" bunga erishgan.
Qo‘shimcha qilamizki, liga chempionliklari soni bo‘yicha Portugaliyada "Portu" ikkinchi o‘rinda. Ular hisobida 30 ta kubok, bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam "Benfika" 37 ta mamlakat chempioni.