Rimning "Roma" klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov A Seriyaning 37-turida “Venesiya” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 76-daqiqada raqib darvozasiga aniq zarba yo‘lladi – 1:1.
Shomurodov so‘nggi bor rimliklar safida 20 yanvar kuni Italiya kubogi doirasida “Lechche” (3:1) jamoasi darvozasiga gol kiritgandi. 22 dekabrdan kuni "Sampdoriya" jamoasiga qarshi o‘yindan (1:1) buyon chempionatda gol ura olmay kelayotgandi.
Umuman olganda, hamyurtimiz “Roma” safida A Seriyada 27 o‘yinda 3 ta gol urdi.