Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Baxtiyor Ashurmatov muxlislar bilan uchrashdi

Baxtiyor Ashurmatov muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Qo‘qon shahri o‘zbek futbolining vatani bo‘lish bilan birga ko‘plab iste’dodli futbolchilarni vatanimizga yetkazib bergan shahar hisoblanadi. Shuningdek, qo‘qonlik futbol muxlislari ham respublikada eng yaxshi muxlislardan sanalishadi. Qo‘qonda futbolni sevishadi, qadrlashadi va shu bilan birga yaxshi tushunishadi ham.

Kecha “Qo‘qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov muxlislar klubi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoamizning haqiqiy sodiq muxlislari ishtirok etishdi. Avvalo muxlislar safarda  “Lokomotiv” jamoasi ustidan  qozonilgan g‘alaba uchun bosh murabiyga minnatdorchilik izhor qildilar. Dastlab so‘z Baxtiyor Ashurmatovga berildi. Baxtiyor A’zamovich jamoadagi vaziyat, ortda qolgan o‘yinlardagi yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida gapirdilar hamda jamoani har qanday holatda ham yolg‘izlatmay qo‘llab turgan ashaddiy muxlislarimizga minnatdorchilik izhor qildilar.

Shundan so‘ng jamoa muxlislari bosh murabbiyga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni navbati bilan yo‘lladilar va batafsil javob oldilar. Uchrashuv  ochiqlik va savol-javob tarzida, samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. Baxtiyor A’zamovich ortda qolgan ba’zi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlarga izoh berib, jamoadagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ro‘y-rost so‘zlab berdi.
 
“Bizda mavsum boshida ko‘plab yetakchi futbolchilarimizni tark etishi muammolarni keltirib chiqardi. Jumladan Shohnazar Norbekov, Muhammadanas Xasanov, Bobur Akbarov, Farhod Bekmurodov, Asad Sobirjonov va Iqbol Malikjonov kabi futbolchilarning jamoamizni tark etishi bizni ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi. To‘g‘ri biz jamoamizga Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro‘ziyev, Shahzodbek Nurmatov, Dilshod Rahmatullayev, Bilolxon Toshmirzayev kabi futbolchilarni taklif qildik. Lekin yana jamoaviy o‘yinni shakllantirib olishimiz uchun vaqt talab qilinar edi. Qolaversa so‘ngi vaqtlarda jarohat olib Murod Xolmuhammedov , Aleksandr Merzlyakov, Javohir Sidiqovlar ancha vaqt jamoaga yordam bera olishmadi. Bizda himoyada muammolar yuzaga keldi. Himoyachilar yetishmasligi kuzatildi. “Paxtakor” bilan o‘yinga qadar Murod Xolmuhammedovning maydonga qaytganligi bizni xursand qiladi. Murodjon jamoamizda haqiqiy yetakchi, uning maydonda borligi qolgan futbolchilarga ham, murabbiylarga ham ancha ishonch baxsh etadi. Qolaversa Javohir sport formasini tiklab olmoqda. Diskvalifikasiyaga uchragan Dilshod Rahmatullayev va Oybek Rustamovlar ham navbatdagi turda maydonga qaytadilar. Biz jamoaning yoshlar va o‘rinbosarlar tarkibiga ham e’tiborni biroz susaytirganligimiz natijasida o‘rinbosarlar tarkibidan ham asosiy tarkibga munosib yoshlar yetib kelishmayapti. Bundan bu yog‘iga o‘rinbosarlar tarkibining har bir uchrashuvini kuzatib boramiz va u yerda o‘zini ko‘rsatgan yoshlarni asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilamiz. Inshaolloh sizlarning yordamingiz bilan bundan bu yog‘iga yaxshi natijalarni qo‘lga kiritamiz deb umid qilaman”  - dedi jumladan Baxtiyor Ashurmatov.

Uchrashuvda ishtirok etgan muxlislar savollariga batafsil javob bergan va ochiqlik siyosatini yuritayotganligi uchun Baxtiyor Ashurmatovga minnatdorchilik bildirdilar. Bundan bu yog‘iga har 3-4 tur o‘yinlar orasida mana shunday uchrashuvlarni o‘tkazib turishga kelishib  olindi. Uchrashuv so‘nggida nuroniy muxlislarimiz jamoamizni oldinda turgan o‘yinlarda g‘alaba qozonib, yuzlari yorug‘ bo‘lishlarini yaratgandan so‘rab, duoga qo‘l ochdilar.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 12:23, 15.05.2022.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.