Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon - Dinamo
13/05 19:00 Nasaf - Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Bolgar futbolidagi kriminal

Bolgar futbolidagi kriminal

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

WikiLeaks sayti shunday yozadi: «Uyushgan jinoyatchilik - zamonaviy Bolgariyadagi jiddiy muammo. U korrupsiyani qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtirmoqda.

Bolgariyalik jinoiy guruhlar pul yuvish, noqonuniy giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullanadi, yuqori sifatli qalbaki dollar va yevrolar chop etadi. 2022 yilgi holatga ko‘ra, mamlakatda 130taga yaqin uyushgan jinoiy guruhlar faoliyat yuritib, ularning aksariyati futbolga pul ajratadi».

Bolgariya milliy termasining o‘ziga yarasha tarixi bor. Jamoa 60-70-yillarda qatorasiga to‘rtta jahon chempionatida yomon qatnashmadi. Lekin haqiqiy muvaffaqiyat 1994 yilda keldi. AQSH mundialida butun jahon bolgar futbolining borligidan xabar topdi, ushbu mamlakat termasi turnir yarim finaligacha yetib bordi. O‘sha jamoaning asosiy yulduzi Xristo Stoichkov JCHning tengsiz to‘purariga aylanib, keyinroq «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘ldi. Biroq yorqin parvoz ortidan keskin sho‘ng‘ish kuzatildi: JCH-98da bir ochko va 7ta o‘tkazib yuborilgan to‘p, keyinchalik mundial saralashida qatorasiga omadsiz ishtirok. Bolgar futbolidagi inqirozga nima sabab bo‘ldi? 

Klub prezidentlarining o‘limi

Sofiya chekkasidagi shaharchada Plovdivning «Lokomotiv» klubi prezidenti Aleksandr Tasevni mashinasiga joylashgan paytda o‘ldirib ketishdi. E’tiborlisi, ikki yil mobaynida ushbu jamoaning uch nafar xo‘jayini hayot bilan vidolashdi. Bolqon mamlakati mahalliy sportdagi korrupsiya va kriminal ta’sir doirasi tufayli ko‘pchilikning yostig‘ini quritdi. JCH-1994 yarim finalchilarining so‘nggi bor mundial final bosqichiga 24 yil avval chiqishgani, Yevroda esa oxirgi marta 18 yil avval qatnashishgani bejiz emas. Yillar davomida bolgar futbolidagi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borildi, ammo ushbu illat juda chuqur ildiz otib ulgurgandi.

Klubga egalik qilish uchun, pulingiz bo‘lishi kerak; Bolgariyada pulingiz bo‘lsa, katta ehtimol, uyushgan jinoyatchilikka aralashasiz, uyushgan jinoyatchilikka aralashganlarni esa tez orada o‘lim kutadi. So‘nggi 12 yil ichida Bolgariya klublaridagi 15 nafar prezident o‘ldirildi. Statistikaga qaraganda, ushbu mamlakatda futbol klubini boshqarishdan ko‘ra, bombani zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlash xavfsizroq hisoblanadi.

Tasev o‘z biznesini qadrdon shahri Kyustendilda olib borgan, ushbu maskan «Lokomo-tiv»ning sobiq prezidenti Georgiy Iliyevning ham faoliyat markazi hisoblangan. Ko‘pchilik Iliyevni Bolgariyaning yetakchi mafiya bosslaridan biri deb hisoblaydi. Garchi uning Tasevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lmasada, Tasevning Iliyev ruxsatsisiz bunchalik muvaffaqiyatga erishishiga hech kim ishonmaydi.

Bolgariya ichki ishlar vaziri Rumen Petkovning ta’kidlashicha, 2001 yilda Tasevga qarshi Serbiyaga gazni noqonuniy eksport qilganlik bo‘-yicha ish ochilgan. Bu ishda hech nima isbotlanmadi, ammo Tasev va Iliyev o‘rtasida aloqa borligi kundek ravshan edi. 2005 yilning martida Iliyevning tashabbusi bilan Nikolay Popov «Lokomotiv» prezidenti etib tayinlandi, ammo ko‘p o‘tmay u ham o‘ldirildi. O‘sha yilning avgustida, «Lokomotiv» UYEFA kubogining birinchi raundiga chiqqanidan bir necha soatlar o‘tib, Iliyevning o‘zi Chernomor kurortidagi restoranda otib ketildi.

Iliyevning «Lokomotiv»ga ta’siridan ijobiy effekt ham yo‘q emasdi. Uning investisiyalari SSKA va «Levski» singari grandlarga raqobat tug‘dirish imkonini berdi, shu tariqa 2004 yilda jamoa o‘z tarixida ilk bor chempionlikni nishonladi. Ammo Iliyevning o‘limidan keyin pullar tugadi, eng yaxshi futbolchilar sotib yuborildi, mavsumni esa yoshlar bilan tugatildi.

Iqtidorli futbolchining o‘g‘irlanishi

18 yoshli Dimitar Berbatov mashg‘ulotdan keyin mashinasi tomon yaqinlashdi. Eshikni ochib, sport sumkasini orqa o‘rindiqqa tashlab, rulga o‘tirishga ulgurmadi. Uning qarshisida «Mersedes» avtomobili to‘xtab, ichidan uch kishi tushdida, Berbatovning qo‘llarini orqaga qayirib, boshiga qop kiydirishdi. So‘ngra mashinaga joylab, noma’lum yo‘nalish bo‘ylab olib ketishdi.

Berbatovning aytishicha, uni Sofiyadan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan uyga eltishgan. Bu Bolgariyadagi jinoiy guruhlardan birining a’zolari edi. Maqsad - Dimitarni ularning klubi bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirish.

Oxir-oqibat futbolchini qo‘yib yuborishdi, tez orada u Leverkuzenning «Bayer»iga yo‘l oldi. Ammo Berbatov va Bolgariya mafiyasiga aloqador voqealar shu bilan yakunlanmadi. U «Manchester Yunayted»da o‘ynayotganida, jinoyatchilar oila a’zolarini o‘g‘irlash bilan tahdid qilib, yarim million funtlik talab qo‘yishdi. O‘shanda Aleks Fergyuson Berbatov oilasini Sofiyadan evakuasiya qilish uchun shaxsiy samolyotini taqdim etgandi.

Kelishilgan o‘yinlar oqimi

Kamtarona hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi 25 yil ichida Bolgariyaning ikkita oliy ligasidagi har 15 o‘yindan bittasi kelishilgan bo‘lishi mumkin. Shu davr mobaynida mamlakatda futbolga aloqador 200dan ziyod kishi o‘ldirilgan. AQSH elchixonasidagi manbalar WikiLeaks saytiga Bolgariya futbol klublarini nazorat qiluvchi bir nechta kriminalga bog‘liq nomlardan xabardor ekanliklarini bildirishgan. Taniqli futbol mutasaddilari ortida turgan soya­dagi figuralar orasida taniqli qurol sotuvchilari, ikki rossiyalik oligarx hamda mahalliy kriminal yetakchilari bor.

Mana, konkret misol. Bolgariyaning badavlat kishilaridan biri, «Bosh chanog‘i» taxallusi bilan tanilgan Vasil Bojkov 1999-2006 yillar mobaynida Sofiyaning SSKA klubi prezidenti bo‘lgan. Parallel ravishda u Bolgariyadagi «Evrofutbol» nomli yirik bukmekerlik kompaniyasining egasi ham hisoblangan. Katta ehtimol, shu yetti yil mobaynida SSKA ishtirokidagi istalgan o‘yin unga foyda keltirgan.

2011 yilda bolgariyalik sport jurnalisti Yordan Dinov kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq shov-shuvli maqola tayyorlab, unda aniq nomlar, sanalar va raqamlarni keltirgan. «Lokomotiv» Plovdiv hamda «Levski» Sofiya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv shular jumlasidan. U mazkur bahsning kelishilganligi, mahalliy bukmekerlar «Lokomotiv» g‘alabasiga faol pul tikishganiga batafsil isbot taqdim etgan. O‘shanda «temiryo‘lchilar» 93-daqiqada penaltidan gol urib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.

«Bolgariyadagi istalgan klubni oling, xo‘jayinlari mafiyaga aloqador bo‘lib chiqadi, - deb yozgandi Dinov. - Hech bir jamoa ichki chempionatda ularning roziligisiz g‘olib chiqolmaydi. Hamma biladi: kimda-kim aloqaga chiqishni istamasa, navbatdagi Tasev, Iliyev yoki Popovga aylanadi - xullas, uni yo‘q qilishadi».

Keyinroq Yordan Dinov matbuot anjumani tashkil etib, barcha tafsilotlarni oshkor qildi. Yaqqol dalillar borligiga qaramay, polisiya tergov o‘tkazmadi, amaldor va futbolchilarga ayblov qo‘yilmadi. Dinov esa o‘sha yilning aprelida Sofiya markazida o‘ldirildi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 13:22, 15.05.2022.
O'qildi: 1462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.