SSKAning 31 yoshli yarim himoyachisi Alan Dzagoyev futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar bermoqda.
Dzagoyev butun professional faoliyatini SSKa tarkibida o‘tkazdi. Joriy mavsumda u RPLda 20 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta golli uzatma bor.
Qo‘shimcha qilamizki, 21 may kuni SSKA Rossiya Premyer-ligasi mavsumini yopadi. So‘nggi turda "armiyachilar" "Rostov"ni qabul qiladi.