Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Liverpul" himoyachisi jiddiy jarohat olib, stadionni tayoqchada tark etdi

"Liverpul" himoyachisi jiddiy jarohat olib, stadionni tayoqchada tark etdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes Angliya Premyer-ligasi doirasida "Sautgempton"ga qarshi bahsda jarohat oldi.

24 yoshli angliyalik futbolchi o‘yinning birinchi bo‘limida chap oyog‘idan jarohat oldi va ikkinchi bo‘limda maydonga qayta olmadi. Gomes o‘rniga Jordan Xenderson maydonga tushdi. O‘yin tugaganidan so‘ng himoyachi “Sent-Meri” stadionini tayoqchada va maxsus himoya oyoq kiyimida tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» «Sautgempton» ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida Yurgen Klopp shogirdlari peshqadam “Manchester Siti”dan bir ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 10:15, 18.05.2022.
O'qildi: 2410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик