Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Samvel Babayan: “Yigitlar o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olishmadi”

Samvel Babayan: “Yigitlar o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olishmadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich odatga ko‘ra, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Kutilganidek uchrashuv yuqori saviya, keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Shogirdlarim zafar quchish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishdi. Ammo bir necha qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Chempionatimizning qiziqarli tarafi ham shundaki, Superliganing oxirgi o‘rindagi jamoasi ham shunday kuchli o‘yin ko‘rsatishi mumkin. Shunday bo‘lsada, raqibni maqtamoqchi emasman. Shunchaki yigitlar bugun o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olmaganliklarini ta’kidlamoqchiman, xolos.

Garchi bugungi natijadan qoniqmagan bo‘lsakda, bir ochkoga ega bo‘ldik. Oldinga intilishda davom etamiz. Hali amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarimiz bor. Bugungi raqibimiz singari himoyaviy taktika tanlaydigan, Namanganda ochko qo‘lga kiritishni ijobiy natija deb hisoblaydigan jamoalar himoyasini yorib o‘tish uchun ham ko‘proq ishlashimiz, g‘alaba qozonishimiz uchun ulardan sezilarli darajada kuchliroq bo‘lishimiz kerak. Bizda ijrochilar yetarli. Ammo hali to‘liq kuchimizni ko‘rsata olmadik. Nima bo‘lganda ham yigitlarga rahmat aytaman. Ular zafar quchish maqsadida, so‘nggi daqiqagacha harakat qilishdi, standart vaziyatlar yaratishdi. O‘tgan o‘yinda gol urgandik, bu safar esa buning uddasidan chiqa olmadik. Nima bo‘lganda ham ishlashda davom etamiz.

- “Neftchi” bosh murabbiyi “Navbahor” asosan standart vaziyatlarda xavfli ekani haqida gapirdi. Shu haqda fikringiz...

- Albatta, biz bugun standart vaziyatlardan juda xavfli vaziyatlar yaratdik. Bir marta to‘p darvoza to‘siniga tegdi. Ammo o‘yindan ham biz bir necha vaziyatlar yaratdik. Shunchaki, vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Umuman olganda, ha, standartlardan ko‘p vaziyatlar yaratamiz.Lekin, o‘yindan ham vaziyatlar yarata olamiz. Faqatgina, bugun bu vaziyatlardan foydalana olmadik.

- Asad Sobirjonovni deyarli maydonda ko‘rmayapmiz. Bunga sabab nima?

- Asad katta calohiyatga ega futbolchi va bir necha o‘yinlarda maydonga tushdi. Ammo Asadning maydonga tushishi unchalik ham omadli kechmadi. Biroq, Sobirjonovda ham boshqalar singari asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyati mavjud.

- O‘yin davomida “Navbahor” biroz charchab qolgandek ko‘rindi...

- Birinchi bo‘limda o‘yinimiz biroz o‘xshamadi. Albatta, birinchi bo‘limdayoq o‘yinchilar charchab qolishmaydi. Katta ehtimol bilan bu futbolchilarning psixologiyasi bilan bog‘liq. Qaysidir vaziyatda biz o‘yinni bor kuchimizni ishlatmagan holda yutishimizga ishonib qoldik. Hozirgina yigitlar bilan gaplashganimizda esa bunga hali erta ekanligini tushundik. Umuman olganda, bunga charchoq emas, o‘yinga bor tezlikni bermaganimiz sabab bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa tempni oshirdik. Ammo raqib futbol ayyorliklarini ishga solgan holda, vaqtni cho‘zishga urindi. Bu esa shogirdlarimning emas, raqibning kuchi kamligidan dalolat. Umuman olganda, Namanganda ilk turdan boshlab, barcha raqiblar vaqtni cho‘zishga urinmoqda. Bu esa raqibning kuchsizligini ko‘rsatadigan holat. Shogirdlarimda jismoniy tomonlama muammolar yo‘q. Biroq shunchaki birinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘xshamadi. Tanaffus paytida yigitlar bilan gaplashdim va 2-bo‘limda shogirdlarim ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi. Lekin, afsuski, ulardan foydalana olishmadi.

- Ushbu o‘yinda VAR tizimidan foydalanilmadi. Bu o‘yinga qanchalik ta’sir qildi?

- Bunga munosabat bildirish qiyin. Bu bizga aloqasi bo‘lmagan mavzu. VAR bo‘lganda hakamga osonroq bo‘lgan bo‘lardi. Umuman olganda, bugun hakamlik haqida ortiqcha gapirish ortiqcha. Hakam o‘yinni yaxshi saviyada boshqardi va kurashishga yo‘l qo‘yib berdi.

Manba: Навбахор матбуот хизмати
Kiritildi: 10:27, 18.05.2022.
O'qildi: 1404 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.