Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Ilhom Mo‘minjonov: “Bir vaqtlar menga yordam bergan murabbiy hozir “Navbahor”ga yordam bermoqda”

Ilhom Mo‘minjonov: “Bir vaqtlar menga yordam bergan murabbiy hozir “Navbahor”ga yordam bermoqda”

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. “Neftchi” ustozi odatga ko‘ra, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugungi natija bilan jamoamiz a’zolarini, farg‘onalik futbol muxlislarini tabriklayman. “Vodiy derbisi”da ochko olishga erishdik, natijadan xursandmiz. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, “Navbahor” hozirgi kunda yaxshi shakllangan jamoa. Bu yerda yuqori darajadagi murabbiylar va futbolchilar bor.

Afsus, bizda yana jarohat va qizil kartochka bo‘ldi. Hozirda yo‘qotishlarimiz ko‘p, bor futbolchilar bilan navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- “Neftchi”ga nimadir yetishmayotgandek ko‘rinmoqda. Jamoadan Anvar Soliyev va Vladimir Andreevlar ketishdi. Bu ichki muhit muammosi bilan bog‘liqmi?

- To‘g‘ri, bizda hujum chizig‘ida muammolar bor. Bugungi o‘yinga juda boshqacha tayyorgarlik ko‘rgandik. “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlarni o‘rganib chiqdik. Jamoa pozision hujumdan shu vaqtgacha bitta gol urgan, qolgan gollar esa standart vaziyatlar natijasida urilgan edi. Biz tayyorgarlik doirasida ko‘proq standart vaziyatlar bo‘yicha ishladik.

Murabbiylar shtabida o‘zgarishlar borligi rost. Yangilik sifatida aytishim mumkin, murabbiylar shtabini almashtiryapmiz. Shu ikki-uch kun ichida Yevropadan yordamchi murabbiylar kelib, jamoamizga qo‘shilishadi. Rahbariyat kecha muzokalarni yakunladi. Ular menga yaqindan yordam berishadi. Yordamchi murabbiylar o‘rnini Yevropadan taklif etiladigan mutaxassislar bilan to‘ldiramiz. Rahbariyatning ishonchidan xursandman. Ikkinchi davradan tarkibimiz ham kuchayadi. Legionerlardan voz kechamiz, ayni vaqtda bir qator kuchli futbolchilar bilan muzokaralar olib borayapmiz. Sharich va Stoykovichlarga shu kunlarda javob beramiz.

- “Navbahor”ning joriy mavsumdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ta’kidlab o‘tdim, “Navbahor” hozirgi kunda juda kuchli jamoa. “Navbahor”dagi mutaxassis va futbolchilar juda kuchli. Bir vaqtlar menga yordam bergan murabbiy hozir “Navbahor”ga yordam bermoqda. Jamoa bu yil yuqori o‘rinlarni egallaydi, deb o‘ylayman.

- Jamoangizning bugungi natijasidan qoniqdingizmi?

- “Navbahor”ning hozirgi kundagi mavqe’idan kelib chiqsak, qoniqarli natija. Mezbonlarning standart vaziyatlardan kuchli ekanini bilardik. Ularda o‘yin davomida 2 ta imkoniyat bo‘ldi.

- Akbar To‘rayev bahsning ilk daqiqalaridanoq, o‘yin vaqtini cho‘zishga intildi. Buni qanday izohlaysiz?

- O‘yin vaqtini cho‘zish ham bu bir mahorat. Darvozabon to‘p o‘tkazib yubormadimi, demak, bizda 1 ochko naqd bo‘ladi. Futbolchilar maydonda o‘yin emosiyasidan kelib chiqib, harakat qilishadi.

Kiritildi: 10:29, 18.05.2022.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик