Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Superliga. «Qo‘qon-1912» 90+9-daqiqada penaltidan gol urib, «Paxtakor»ni g‘alabadan mahrum qildi

Superliga. «Qo‘qon-1912» 90+9-daqiqada penaltidan gol urib, «Paxtakor»ni g‘alabadan mahrum qildi

Baho:
+ | -

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi.

Bahsning 2-daqiqasidayoq hakam toshkentliklar darvozasiga penalti belgiladi. Ammo qo‘qonliklarning doimiyi penaltichisi hisoblangan Murod Xolmuhammedov 11 metrli jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Uning zarbasini «Paxtakor» posboni Eldorbek Suyunov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng ustunlik paxtakorchilar tomonida bo‘ldi. Ular 86-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Cheran 18 metrlardan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yindagi to‘xtalishlar uchun hakam 8 daqiqa qo‘shib berdi. Bu vaqt davomida to‘pni "Paxtakor" o‘z nazoratida ushlab turdi. Ammo 8-daqiqada Larin o‘z jarima maydoni ichida xatoga yo‘l qo‘yib, Yosovichni yiqitdi. HakamReferi Rustam Lutfullin ikkilanib o‘tirmasdan penalti belgiladi. Ivanning o‘zi undan samarali foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Mazkur penalti "Paxtakor" futbolchilaridan keskin norozilikni keltirib chiqardi. Hakamni haqorat qilgan Eldor Suyunov esa penaltidan so‘ng maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, Voyneski jamoasi Superligada ketma-ket 4ta o‘yindan buyon durang qayd etmoqda. Jamoa 14 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Qo‘qon-1912" esa o‘z ochkolari 10taga yetkazib oldi.

Superliga, 9-tur
"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" - 1:1 (0:1)
Gollar: Ivan Yosovich (90+9-penalti) — Dragan Cheran (86)
Noaniq penalti: Murod Xolmuhammedov (2, darvozabon)
Chetlatish: Eldor Suyunov (90+9)
"Qo‘qon-1912": I.Abdullayev, Lukich, Shixov, Sidiqov, Meliyev, Rustamov, Ro‘ziyev, Merzlyakov, Yosovich, Toshmirzayev, Xolmuhammedov.
Zaxira: M.Abdullayev, Vahobov, Rahmatullayev, Hasanov, Azimov, Mamatxo‘jayev, Nurmatov, Komilov, Hojimirzayev.
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Larin, Xadjiyev, Sayfiyev, Hamrobekov, Fayzullayev, Sobirxo‘jayev, Turg‘unboyev, Erkinov, Sharkich.
Zaxira: Quvvatov, Cheran, Rashidov, Roziyev, Xolmatov, Yoqubov, Asqarov, Ergashboyev, Mirahmadov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:09, 18.05.2022.
O'qildi: 2486 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик