Myunxenning "Bavariya" klubi prezidenti Gerbert Xayner yana Robert Levandovski haqida berilgan savolga javob berdi.
— Robert Levandovskini sotmaslik yakuniy qarormi?
"Levandovski yildan-yilga ko‘p gol urmoqda. Uning o‘rniga bizda o‘rinbosar bo‘lmasa, nega uni sotishimiz kerak?", - dedi funksioner.
Avvalroq 33 yoshli polshalik hujumchiga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.