Kirish Ro'yxatdan o'tish

Origi Italiya grandi safiga borib qo‘shiladi

Origi Italiya grandi safiga borib qo‘shiladi

Baho:
+ | -

“Liverpul” hujumchisi Divok Origi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. The Athletic xabariga ko‘ra, "Milan" 27 yoshli belgiyalik futbolchi bilan shartnoma borasida kelishib olgan.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum oxirida erkin agent sifatida A Seriyaga klubiga o‘tadi. Hujumchining o‘zi allaqachon "Liverpul" rahbariyatiga jamoani tark etishni istayotganini aytgan.

Origi joriy mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Amaldagi shartnoma 2022 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:03, 20.05.2022.
O'qildi: 1159 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.