Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik Bastoni transferini blokladi

Flik Bastoni transferini blokladi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Xans-Diter Flik sababli «Barselona»ga o‘tmasligi mumkin. Transfer aynan germaniyalik murabbiy tufayli boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, chunki u italiyalik futbolchi o‘zining taktik tizimiga u qadar mos kelmasligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilmoqda, deya xabar beradi insayder Matteo Moretto.

Flik 27 yoshli o‘yinchining ayrim texnik xususiyatlariga jiddiy shubha bilan qaramoqda. «Barsa» sport direktori Deku bir necha oy davomida ushbu transfer ustida ishlagan edi, biroq endi hamma narsa barbod bo‘lishi mumkin. Bosh murabbiy klub rahbariyatidan bozorda boshqa variantlarni qidirib ko‘rishni so‘ramoqda. Bastoni transferidagi yana bir to‘siq — uning yuqori narxi va «Inter»ning yon bosishni istamayotganidir.

Kiritildi: 11:32, 17.05.2026.
O'qildi: 1931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик