Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Bavariya" o‘z futbolchisi bilan yangi shartnomani muhokama qilishni xohlamayapti

"Bavariya" o‘z futbolchisi bilan yangi shartnomani muhokama qilishni xohlamayapti

Baho:
+ | -

Bayern&Germany xabariga ko‘ra, Serj Gnabri bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borish hozircha kutilmayapti.

Manbaga ko‘ra, futbolchi "Bavariya"ning so‘nggi taklifini qabul qilishni istamagan, shu bois klub pauza qilishga qaror qilgan.

Gnabri 2017 yilda nemis grandiga sakkiz million yevro evaziga "Verder"dan o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Oldinroq Gnabriga "Real", "Yuventus" va Angliyaning top-klublari qiziqayotgani xabar qilingandi.

Joriy mavsumda 26 yoshli germaniyalik futbolchi barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:38, 20.05.2022.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик