Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

AFC U17 chempionati. O‘zbekiston saralash bosqichi qur’asida 3-savatchadan o‘rin oldi

AFC U17 chempionati. O‘zbekiston saralash bosqichi qur’asida 3-savatchadan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga 2023 yilda Bahraynda o‘tkaziladi. Turnirning final bosqichi yo‘llanmasi uchun saralash bahslari oktyabr oyi boshida o‘tkaziladi. Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 24 may kuni OFK qarorgohi joylashgan Kuala Lumpur shahrida o‘ktaziladi. OFK qur’a oldidan jamoalarni savatlarga ajratib chiqdi.

O‘zbekiston 3-savatchaga joylashtirildi. Boisi, o‘smirlar terma jamoamiz 2018 yilgi Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqa olmagandi. Jamoamiz Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan saralash bosqichidan o‘ta olmagandi.

Darvoqe, ushbu yoshdagi terma jamoalari o‘rtasida 2020 yilgi musobaqa Bahraynda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bekor qilindi.

Saralash bosqichi bu safar Sharq va G‘arb mintaqalariga ajratilmaydi. Saralash bosqichida mezbonlik qiladigan 10ta mamlakatning nomi aniq. Ular o‘zaro bir savatchadan o‘rin olishmaydi. Xususan, saralash bosqichi guruhlaridan biriga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Jamoamiz 3-savatchadagi raqiblardan tashqari, mezbon sifatida tanlab olingan boshqa jamoalar (Avstraliya, Tojikiston, Indoneziya, Ummon, Vyetnam, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bangladesh bilan ham bir guruhga tushmaydi.

10ta guruh g‘olibi va 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida 5ta eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan jamoa Bahrayn maydonlarida o‘tadigan turnirga tashrif buyuradi. Osiyo chempionatida yuqori 4ta o‘rinni egallagan jamoalar 2023 yilning kuz faslida Peruda o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi qur’asi uchun savatchalar:

1-savatcha: Avstraliya (mezbon), Tojikiston (M), Indoneziya (M), Ummon (M), Yaman, Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Tailand, Hindiston

2-savatcha: Vyetnam (M), Saudiya Arabistoni (M), Iordaniya (M), Bangladesh (M), Iroq, Afg‘oniston, Malayziya, Bruney, Xitoy, Gonkong.

3-savatcha: Qirg‘iziston (M), O‘zbekiston (M), Suriya, Falastin, Xitoy Taypeyi, Myanmar, Qatar, Nepal, Sharqiy Timor, Singapur.

4-savatcha: Laos Shri Lanka, Livan, Filippin, Maldiv, Mo‘g‘uliston, Sharqiy Mariana, Guam, Makao, Butan

5-savatcha: Turkmaniston, Bahrayn, Kuvayt, BAA

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:28, 20.05.2022.
O'qildi: 2454 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.