Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

A seriya. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda «Roma» yirik g‘alabaga erishdi (videosharh)

A seriya. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda «Roma» yirik g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining so‘nggi, 38-turida «Roma» 20 may, juma kuni «Torino» bilan bahs yuritdi.

«Torino» mezbonligida o‘tgan bahs 3:0 hisobida «Roma»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab birinchi bo‘limda Temmi Abraham dubl qayd etib, mehmonlarning ustunligini ta’minladi. Angliyalik hujumchi birinchi vaziyatda osonlik bilan himoyachilarni dog‘da qoldirib gol urgan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi. 78-daqiqaga kelib Lorenso Pellegrini ham penaltidan gol urib, o‘yinga yakuni nuqtani qo‘ydi.

Qayd etish kerak, mazkur uchrashuvda «Roma»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 2021 yilning 4 dekabridan beri ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Bo‘rilar» o‘shanda «Inter»ga qarshi bahs olib borgandi. Shomurodov kecha 76-daqiqada sariq kartochka oldi va o‘sha daqiqada zaxiraga olindi. Eldor uchun mazkur ogohlantirish mavsumdagi ikkinchisi bo‘ldi.

Shu tariqa, «Roma» mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan yakunladi. Joze Mourinyo jamoasi umumiy hisobda 63 ochko jamg‘ardi.

Jamoa har qanday holatda ham 6-o‘rindan pastga tushib ketmaydi va Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi — hozircha beshinchi bo‘lib turibdi. 6-pog‘onadagi «Lasio»ning hisobida ham shuncha ochko mavjud. Agar «Lasio» bilan ochkolar teng kelib qolsa, o‘zaro qarama-qarshiliklardagi ustunlik rimliklar tomonda. Shuningdek, «Roma» Konferensiyalar Ligasi finalida qatnashadi, hal qiluvchi o‘yindagi g‘alaba jamoaga Yevropa Ligasi yo‘llanmasini taqdim etadi.

A seriya, 38-tur bahsi
20 may, juma
«Torino» — «Roma» 0:3
Gollar: 0:1 – 33 Abraham, 0:2 – 42, penalti Abraham, 0:3 – 78, penalti Pellegrini.
«Torino»: Berisha, Ayna, Rodriges (Buonjorno, 46), Lukich, Zima, Ansaldi (Sek, 46), Prat, Brekalo (Pyasa, 46), Pobega, Richchi (Mandragora, 84), Belotti (Pellegri, 68).
«Roma»: Ruy Patrisiu, Manchini, Kumbula, Rojer, Spinassola (Vinya, 83), Zalevski (Karsdorp, 58), Serjiu Oliveyra (Kristante, 58), Veretu, Pellegrini (ash-SHaaravi, 82), Shomurodov (Zaniolo, 76), Abraham.
Ogohlantirishlar: Rojer (20), Ansaldi (21), Shomurodov (76), Buonjorno (78).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:14, 21.05.2022.
O'qildi: 8318 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик