Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya - Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal

APLning so‘nggi turi intrigalari haqida

APLning so‘nggi turi intrigalari haqida

Baho:
+ | -

Ertaga, yakshanba kuni oqshomida Angliya Premyer-ligasining o‘ta muhim qismi o‘tkaziladi. «O‘ta muhim» deyilishiga sabab, hozirga qadar APLda kim chempion bo‘lishi, kim YECHLga yo‘l olishi-yu, kim elita bilan xayrlashishi ma’lum bo‘lmadi. Bunday hol esa turnir tarixida ilk bor kuzatilmoqda. Quyida aynan shu mavzularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Chempionlik uchun kurash haqida

Ayni damda «Manchester Siti» 90 ochko bilan yetakchilikni qo‘lga olib turibdi. Uni ortidan esa bir ochkolik farq bilan «Liverpul» ta’qib qilmoqda. Shunday paytda «shaharliklar» 38 turdagi «Aston Villa»ni mag‘lub etishi talab etiladi. Shuningdek, durang ham chempionlikka yetarli bo‘lishi mumkin. Ammo, u holda «Liverpul» «Vulverxempton»ni mag‘lub qila olmasligi lozim bo‘ladi.
Aksini ko‘radigan bo‘lsak, Stiven Jerrard shogirdlari «Etihad»da g‘alaba yoki durang qayd etishi, Klopp jamoasi esa «bo‘rilar»ni yutishi kerak. Ana shunda, mersisaydliklar chempionga aylanishi mumkin. Qolaversa, «Liverpul» durang bilan ham titulga erishishi mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, «Manchester Siti» o‘z o‘yinida mag‘lub bo‘lishi, «Liverpul» esa «Vulvz»ga yettitadan ko‘proq gol urishi kerak. Ana shunda gollar nisbati bilan ustunlikni qo‘lga kiritish imkoni tug‘iladi.
Agar siz bundan ham qizg‘in va ekstremal ssenariy xohlayotgan bo‘lsangiz, u holda Gvardiola jamoasi 6-0 hisobida mag‘lub etilishi, «Liverpul» esa 5-5 hisobida durang qayd etishi shart. O‘shanda, har ikki da’vogarning gollar nisbati, urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollardagi statistikasida muvozanat vujudga keladi. Bu orqali esa chempionlik uchun yana bir «pley-off» o‘yini o‘tkazilishi mumkin.

YECHLning so‘nggi yo‘llanmasi uchun kurash haqida

«Manchester Siti», «Liverpul» hamda «Chelsi» yangi mavsum yo‘llanmasini yana naqd qildi. «Arsenal» va «Tottenxem» esa 38 turda so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqishga harakat qiladi. «Shporlar»da vazifa ancha oson. Ular raqibdan ikki ochko oldinda, shuningdek, gollar nisbatida ham katta farq bor (15 ta gol). «Tottenxem» APLdan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan «Norvich»ni yutsa yoki durang o‘ynasa, u holda YECHL chiptasi ularniki bo‘ladi. Ammo bu – «Tottenxem» va ulardan har narsani kutish mumkin. Shuningdek, o‘z uyida «kanareyka»lar ham g‘alabaga intilishi tayin. «Arsenal» esa «Everton»da ustun kelgan taqdirdagina, YECHLga chiqishi mumkin, ammo u ham yuqorida aytilganidek, «Norvich»ga bog‘liq.

Yevrokuboklar uchun jang haqida

«Liverpul» Angliya kubogi va liga kubogini qo‘lga kiritib, APLning qolgan jamoalariga Yevropa eshiklarini kattaroq ochdi. Bu narsa beshinchi va oltinchi o‘rin egalari Yevropa ligasiga avtomatik yo‘l olishini anglatadi. Ayni damda «MYU» 58 ochko bilan oltinchi o‘rinni band etgan. Undan keyingi pog‘onadagi «Vest Xem»da esa 56 ochko mavjud. Bu degani «MYU» so‘nggi turni g‘alaba bilan yakunlashi lozim. «Kristal Pelas»ga qarshi durang ham «qizil iblislar»ni YELdan mosuvo qilishi mumkin. Negaki, «Vest Xem»da gollari nisbati ancha yaxshi. Devid Moyes boshchiligidagi «bolg‘achilar» esa «Brayton»ni mag‘lub etish orqali, nisbatan saviyali bo‘lgan turnirda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishi mumkin. Yettinchi o‘rinni band etgan klub Yevropa Konferensiyalar ligasiga yo‘l oladi.

Jon saqlab qolish uchun hayot-mamot kurashi haqida

«Everton»ning o‘z uyida «Kristal Pelas»dan ustun kelishi, Lempard jamoasini APLda qolishini ta’minladi. Endilikda faqat ikki klub – «Lids» hamda «Byornli» jon saqlash uchun jang qilmoqda. Ushbu jamoalarning to‘plagan ochkolari bir xil (35). To‘plar nisbati esa «Byornli»da yaxshiroq. Shu sabab ular ayni damda «Lids»dan bir pog‘ona yuqorida, xavfsiz zonadan joy olib turibdi. Xullas, har ikki klub so‘nggi turda g‘alaba uchun o‘ynaydi. Bunda «Lids»ning missiyasi murakkabroq, albatta. Chunki Jessi Marsh shogirdlari nafaqat o‘z o‘yinida g‘alaba qozonishi, balki «Byornli»ning durangi yoki mag‘lubiyatini kutishga ham majburdir...

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 12:39, 21.05.2022.
O'qildi: 3182 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.