Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

U-23 Osiyo chempionati sabab Superliga 11-turidagi ikki o‘yin qoldirildi

U-23 Osiyo chempionati sabab Superliga 11-turidagi ikki o‘yin qoldirildi

Baho:
+ | -

Uch kun avval O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Superliga futbol klublariga xat yo‘llab, O‘zbekiston U-23 termasiga jalb etilgan futbolchilar nomini oshkor qildi. Ma’lum bo‘ldiki, Temur Kapadze jamoasida “Paxtakor”ning to‘rt hamda “Nasaf”ning uch nafar futbolchisi bor. 

Terma yig‘ini 20 may sanasidan start olishi ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq bu vaqtdan boshlab to qit’a chempionati startiga qadar Superliga klublari yana ikki turda maydonga tushishlari avvaldan begilab qo‘yilgandi. Umuman olganda taqvim O‘FA taqdim etgan ishchi reja asosida ishlab chiqilgan. Shu reja asosida avvaldan “Olimpik” futbol klubining ikki uchrashuvi Osiyo chempionatidan keyinga qoldirilgan. 

Reglamentga ko‘ra esa milliy va olimpiya terma jamoasiga uch va undan ortiq futbolchisini yuborayotgan futbol klublari tur o‘yinini qoldirishni so‘rab murojaat qilishga haqli. Shundan kelib chiqib, “Nasaf” va “Paxtakor” klublarining o‘yinlarini tashkil qilish masalasi yana so‘roq ostida qoldi.  

O‘zbekiston Professional futbol ligasi klublar bilan o‘zaro kelishgan holda terma bosh murabbiyiga taklif bilan chiqdi hamda ikki kundan keyin start olishi kutilayotgan 10-tur uchrashuvlarini saqlab qoldi. Kapadze “Nasaf” mazkur turda Xusain Norchayev xizmatidan, “Paxtakor” esa Hojimat Erkinov hamda Abbos Fayzullayev xizmatidan foydalanishiga rozi bo‘ldi. 

Biroq bu futbolchilar 11-turda baribir o‘z klublariga yordam bera olmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, yaqin kunlar ichida U-23 terma jamoasi qit’a chempionati oldidan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.  

Shundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan qolgan uchrashuvlar o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi. “Dinamo” — “Nasaf” hamda “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” uchrashuvlarining yangi sanalari esa keyinroq e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi olimpiya terma jamoasining keyingi rejalariga to‘la oydinlik kiritilmaguniga qadar tanaffusdan keyingi uchrashuvlar sanalarini e’lon qilishga shoshilmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:47, 21.05.2022.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.