Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Arzonga sotilgan "boylar". "Chelsi" kimlarni tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgandi?

Arzonga sotilgan "boylar". "Chelsi" kimlarni tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgandi?

Baho:
+ | -

Kelayotgan yozda Londonning "Chelsi" klubi bir qator yo‘qotishlarga duch keladi. Ulardan biri Germaniya terma jamoasi a’zosi Antonio Ryudigerdir. Himoyachi londonliklar bilan yangi bitim borasida kelishuvga erisha olmagach, jamoani erkin agent sifatida tark etadigan bo‘ldi. Uning keyingi manzili "Real"ligi, allaqachon ma’lum bo‘lgan. Jamoaning yana bir himoyachisi Andreas Kristensen ham bu ro‘yxatdan joy olgan. Daniyalik yulduz tez orada "Barselona" safini to‘ldirishi mumkin. "Chelsi" tarixda ham bunday yo‘qotishlarga duch kelgan. Quyida "Chelsi"ning eng mashhur, ammo eng arzon futbolchilari haqida gap boradi.

Frenk Lempard

"Aristokratlar"ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purari 2014 yilda MLSga, "Nyu-York Siti" safiga yo‘l oladi. Amerika diyorida mavsum yanvar oyida start olgani bois, Lempard Yangi yilga qadar "Manchester Siti"ga ijaraga beriladi. Buni qarangki, "shaharliklar" safida Lempardning birinchi gol aynan "Chelsi" bilan bahsga to‘g‘ri kelgan edi. Bu esa futbolchini yig‘lashga majbur qiladi.

Didye Drogba

Afsonaviy hujumchi Londondagi faoliyatini ilk marta o‘ziga xos yakunlaydi. Uning "Chelsi" safidagi so‘nggi bahsi "Bavariya"ga qarshi YECHL finalida kechadi. Unda Drogba penaltidan gol kiritib, musobaqa g‘olibiga aylangan edi. Shundan so‘ng, Drogba yozda Xitoyning "Shanxay" klubiga erkin agent sifatida yo‘l oladi. Ammo 2014 yilda, Joze Mourinyoning ikkinchi davrida, u yana "Chelsi"ga qaytib keladi.

Jon Terri

"Chelsi"ning sobiq xizmatkorlaridan biri bo‘lgan Terri, 2017 yilda "Aston Villa" safiga erkin agent sifatida yo‘l oladi. O‘sha paytlarda birmingemliklar APLga endi ko‘tarilgandi. Keyinchalik Terri "Aston Villa" murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi. 2021 yilda esa u villianlar safini tark etdi.

Eshli Koul

"Chelsi" bilan APLni, Angliya kubogi, YECHL hamda YEL bosh sovrini qo‘lga kiritgan Koul 2014 yilda jamoa bilan xayrlashadi. U o‘zining so‘nggi mavsumida jamoadagi o‘rnini Aspilikuetaga boy berib qo‘ygandi. Shu sabab u erkin agent bo‘lib, klubdan ketadi. Himoyachi keyingi davrini "Roma", "LA Gelaksi" hamda "Derbi Kaunti" kabi klublarda o‘tkazadi.

Solomon Kalu

Kalu ko‘pchilik nazaridan chetda qolgan futbolchi. Ammo u "Chelsi"da katta ishni bajarar edi. Futbolchi 2012 yilda "ko‘klar" safini tark etadi va "Lill" tarkibini to‘ldiradi. Afrikalik yulduz o‘z faoliyatini "Gerta" safida yakunlaydi (172 ta o‘yinda 53 ta gol bilan). Qizig‘i, Kalu "Chelsi"dan ketgach, hech qanday sovrin yuta olmagan edi.

Branislav Ivanovich

"Chelsi"dagi 10 yillik faoliyati davomida Ivanovich yutish kerak bo‘lgan sovrinlarning barchasiga ega chiqdi – APL, ichki kuboklar, YECHL va YEL. Hujumchi "aristokratlar" safidan "Zenit"ga yo‘l oladi va u yerda ham bir necha bor mamlakat chempioniga aylanadi. Hayratlanarlisi, rossiyaliklar uni tekinga qo‘lga kiritgan edi. Ivanovich APLga 2020 yilda qaytib, "Vest Brom" safida bir muddat harakat qilgandi.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:05, 21.05.2022.
O'qildi: 3806 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.