Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 0-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Bundesliganing 11-o‘rindagi jamoasi qanday qilib Yevropa ligasida g‘olib chiqdi

Bundesliganing 11-o‘rindagi jamoasi qanday qilib Yevropa ligasida g‘olib chiqdi

Baho:
+ | -

Biz nemis klubining yevrokubokdagi muvaffaqiyatining asosiy sabablarini ko‘rib chiqamiz.

Bor e’tibor Yevropa ligasiga qaratildi

G‘alabali kunlarda obektiv bo‘lish kerak, agar ajoyib darvozabon Kevin Trapp bo‘lmaganida, “Ayntraxt” uchun mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlanishi mumkin edi. Finalda mag‘lub bo‘lganlarni hech kim eslamaydi va ichki chempionatda hamma narsa "burgutlar"ning omadsizligiga ishora qildi . Ular Germaniya kubogining birinchi bosqichidayoq uchinchi divizion vakili “Valdxof”ga yutqazib qo‘yishdi. Bundesligada Frankfurt bor-yo‘g‘i 11-o‘rinni egalladi, ammo, g‘alati bo‘lsa-da, bu qayta qurish jarayonida bo‘lgan jamoaga Yevropa ligasiga e’tobor qaratishga yordam berdi.

U yerda boshqacha “Ayntraxt” o‘ynayotgandek edi. Nemislar 1/8 finalda “Betis” klubini musobaqadan chiqarib yubordi. "Kamp Nou"dagi g‘alabadan oldin, "burgutlar" bir oy davom etadigan g’alabali seriyani o‘ylab ham ko‘rishmagan bo‘lsa kerak. Natijada “Ayntraxt” turnir tarixida birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmay Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan uchinchi jamoa bo‘ldi. Bungacha “Chelsi” va o‘tgan yili g‘alaba qozongan “Vilyarreal” buni uddalagandi.

Murabbiy effekti

"Ayntraxt" rahbariyati, albatta, murabbiylar tanlash didiga ega. Niko Kovach "burgutlar" bilan Germaniya kubogini qo‘lga kiritib, "Bavariya"ga o‘tib ketdi. Uning vorisi, hozir Myonxengladbaxda ishlayotgan Adi Xyutter uch yil avval Yevropa ligasining yarim finalida o‘ynab, “Chelsi”ga penaltilar seriyasida yutqazgandi. Ular Frankfurtga Oliver Glasnerni olib kelib xato qilishmadi. Bungacha 47 yoshli avstriyalik mutaxassis “Volfsburg”da o‘zini ko‘rsatib, jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqqan, biroq rahbariyat bilan kelishmovchilikdan so‘ng o‘tgan yozda klubni tark etgandi.

Yaxshi saviyadagi futbolchilar

"Ayntraxt"ga iqtidorli futbolchilarni topish va ularni sotish orqali pul ishlash qobiliyati o‘z darajasini saqlab qolish imkonini beradi. “Burgutlar” uch yil avval Yevropa Ligasi yarim finalida o‘ynagan, ammo yozda o‘zining fenomenal hujum triosini yo‘qotgan payt edi. Ante Rebich "Milan"ga bordi, Aller "Vest Xem"ga, Luka Yovich esa "Real"ga sotildi.

Oxirgi ikkitasi "Ayntraxt"ga 100 million yevro olib keldi, serblar masalasida esa klub shartnomadagi "Benfika"dan ijaraga olingan hujumchini 5 millionga sotib olish imkonini beruvchi banddan foydalangan! Darhaqiqat, o‘sha paytda "burgutlar" oqilona pul evaziga hozirgi tarkibning tayanchini shakllantirib, hozirgi g‘alabaga poydevor qo‘yishdi. Eng qimmat xarid esa himoyachi Martin Xinteregger (12 million yevro) bo‘ldi. Djibril Sov (9 million), Trapp (7 milliom), Filip Kostich (7 million), Daichi Kamada (4,5 million) va Sebastyan Rode (4 million).

Bir yil o‘tib, Bundesliganing eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lgan Andre Silva 23 millionga “Leypsig”ga sotildi.

Jamoaning uch yulduzi

Agar 42 yil ichida ikkinchi marta yevrokuboklar qahramonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular hammaga ayon. Birinchidan, “Ayntraxt”ni penaltilar seriyasida qutqarib qolgan darvozabon Trapp. Ikki mavsum davomida u Loran Blan va Unai Emeri qo‘l ostida "PSJ"ning birinchi raqami bo‘lgan, keyin esa zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib, bunga chiday olmadi va Frankfurtda o‘z baxtini topdi.

Bundesligaga shunchaki ko‘nikmayotgan Borrening maqsadlari alohida masala. 26 yoshli janubiy amerikalik "Kamp Nou"da gol urdi. "Vest Xem"ga qarshi javob o‘yinida g‘alaba golini kiritdi va chorshanba kungi finalda ham gol urdi. "Atletiko" va "Vilyarreal"dagi yomon o‘yinlaridan so‘ng Borre o‘z faoliyatini “Rivir Pleyt”da qayta boshlagan va Libertadores kubogini yutdi.

"Ayntraxt"ning uchinchi yulduzi - 29 yoshli serbiyalik yarim himoyachi Kostich. Albatta, u bilan ijaraga olingan Kamada va Ansgar Knauff bahslasha oladi. Ikkalasida ham bir nechta yorqin o‘yinlar bor edi, lekin Kostich butun mavsumda doimo yorqin edi. "Betis" darvozasiga gol, "Barselona" bilan g‘alabali o‘yinda golli uzatma, nihoyat finaldagi golli uzatma.

Noyob muxlislar

"Ayntraxt" muxlislari ajoyib. Bu uzoq vaqtdan beri ma’lum, ammo yevrokuboklar ularni tan olishning yangi darajaga olib chiqdi. Ayniqsa, 30 mingga yaqin nemislar “Kamp Nou”ni uy arenasiga aylantirib, Kataloniya klubida katta janjal keltirib chiqarganidan keyin. Shundan so‘ng, Londonda "Vest Xem" xuddi shunday sharmandalikni oldini olish uchun hamma narsani qildi.

Biroq, kvotalar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, "burgutlar" muxlislari doimo u yerda bo‘lishadi. Angliyada ularning soni klubga ajratilgan 6000 ta chiptadan ham ko‘p edi. Sevilyaga 50 ming muxlis keldi. Ularning uy arenasidagi translyasiyani yana shuncha odam kuzatib bordi. "Ayntraxt" orqasida "oq devor" bor edi va finalda g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 20:25, 21.05.2022.
O'qildi: 3190 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.