Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Sotqin

Sotqin

Baho:
+1 | -

Karim Benzema kecha Instagram storisiga noodatiy surat joylashtirdi. Unda marhum reper Tupak Shakur va unga xiyonat qilgan do‘sti Stretch tasvirlangan. Mbappe voqealari fonida bu surat keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Voqea haqida

1994-yilda Tupak Shakur va uning do‘stlari Nyu-Yorkda to‘planadi va Quad Recording studiyasiga borishni reja qiladi. U yerda Biggi va Shon Kombs bor edi. Studiyaga chiqish vaqtida Tupak va uning do‘stlariga hujum qilinadi, natijada u beshta joyida o‘q yeydi. Tupak bu voqeada Biggi va Bad Boy Record’ni ayblaydi. Shundan keyin ikki sohil reperlari va aholisi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar avj oladi.

Bu hodisaning uyushtirilishida Tupak o‘z jamoasi a’zosi Stretchni ayblaydi. Biroq yetarli dalillar bo‘lmagani bois u qamoqdan qutulib qoladi. 1995-yilda Stretch otib o‘ldiriladi, bir yil o‘tib esa Tupak ham qurolli hujum qurboniga aylanadi.

Ushbu suratda Tupakning ortida o‘sha sotqin do‘sti Stretchni ko‘rish mumkin. Bu va “Real”ning boshqa futbolchilari e’lon qilayotgan postlarni ko‘rib, klubdagilar haqiqatda Mbappening qilmishini og‘ir qabul qilganini anglash mumkin.

Manba: Telegram.me/FutbolTv
Kiritildi: 13:08, 22.05.2022.
O'qildi: 6369 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.