Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Fransiya klublari yevrokuboklarning finallarida qanday natija qayd etishgan?

Fransiya klublari yevrokuboklarning finallarida qanday natija qayd etishgan?

Baho:
+ | -

Fransiya klublari azaldan Yevropa maydonlarida munosib raqobatlashishi bilan ajralib turadi. Har holda, mamlakat jamoalari tarixda 13 marta yevrokuboklar finaliga chiqqan. Bu qit’a reytingining 5-o‘rnida tilga olinadigan liga uchun chakki natija emas. Biroq shunisi borki, fransiyaliklar hozirga qadar Yevropa sahnasida atigi 2 marta g‘alaba nashidasini surishgan, xolos.

Liga 1 hozir ham Yevropaning kuchli 5ta chempionati qatorida. Biroq Fransiya hisobida yevrokuboklardagi g‘alabalar soni deylik, reyting bo‘yicha pastda turadigan Niderlandiya, Belgiya va Portugaliyanikidan kam. Buning sababi - omadsiz finallar ko‘pligi.

Fransiya futboliga 2ta yevrokubokni «Marsel» va «PSJ» taqdim etgan. Marselliklar 1993 yili «Milan»ni yengish asnosida asosiy yevroturnirda zafar quchishgan. Parij klubi esa shundan 3 yil o‘tib, Kubok egalari kubogi finalida Avs­triyaning «Rapid» jamoasini yenggandi. Yangi asrga qarasak, Liga 1 vakillari 4 marta hal qiluvchi o‘yinga chiqishdi, biroq natija yo‘q. Jumladan, «Monako» va «PSJ» CHL finalida omadsizlikka uchradi. Yangi asrda kuzatilgan yana 2ta mag‘lubiyatli final esa «Marsel» zimmasida, faqat ikkinchi darajali turnirda.

Fransiya klublarining yevrokuboklar tarixidagi finallari

CHK|CHLda

«Reysm» - 2ta (1956 va 1959 yillar) - har ikkisida «Real»dan mag‘lubiyat

«Sent-Etyen» (1976 yil) - «Bavariya»dan mag‘lubiyat

«Marsel» (1991 va 1993 yillar) - «Srvena Zvezda»dan mag‘lubiyat, «Milan» ustidan g‘alaba

«Monako» (2004 yil) - «Portu»dan mag‘lubiyat

«PSJ» (2020) - «Bavariya»dan mag‘lubiyat

KEK va UYEFA|ELda

«Bastiya» (1978 yil) - PSVdan mag‘lubiyat

«Monako» (1992 yil) - «Verder»dan mag‘lubiyat

«PSJ» (1996 yil*) - «Rapid» ustidan g‘alaba

«Bordo» (1996 yil*) - «Bavariya»dan mag‘lubiyat

«PSJ» (1997 yil) - «Barselona»dan mag‘lubiyat

«Marsel» (1999 yil) - «Parma»dan mag‘lubiyat

«Marsel» (2004 yil) - «Valensiya»dan mag‘lubiyat

«Marsel» (2018 yil) - «Atletiko»dan mag‘lubiyat

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 16:20, 22.05.2022.
O'qildi: 2114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.