Piolining bugungi jamoasidagi asosiy muvaffaqiyat ko‘p jihatdan "qizil-qoralar" posbonining jasorati bilan bog‘liq. Donnarumma klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan so‘ng, jamoada darvozabon masalasida ancha chalkashliklar yuzaga keldi. Fevraldan boshlab muxlislar mehrini qozonishni boshlagan Menyan dastlab birinchi davradagidek g‘ayritabiiy seyvlarni amalga oshira olmagan.
U va "Milan" o‘rtasidagi aloqalarni muxlislar salbiy tarafdan ko‘rishgan. Yevro-2020 esa neytral muxlislarni yana Donnarummaga bo‘lgan mehrini oshirib yubordi. Ammo beqaror tabiat va kuchli xarakterga ega bo‘lgan posbon shunchaki almashtirib bo‘lmas figuraga aylana oldi. Bugungi kunda Menyan deyarli hamma narsa bo‘yicha Donnarummadan ustun ekanligini isbotlab kelmoqda.
Menyan "Lill"dan kelgan zahoti darhol "Milan" uchun foydali o‘yinchiga aylandi - jamoa 11 yil ichida ilk bor "skudetto"ni yutdi. Uning ajoyib seyvlari, ifodali mimikalari va ilhomlantiruvchi intensivligi po‘lat himoyaning ajralmas qismiga aylandi (bahorda u atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborgan). Lekin bu hammasi emas. Fransuz futbolchisi har tomonlama mukammal o‘yinchi. Tonalining so‘zlariga ko‘ra, u italyan tilini 5 kun ichida o‘rgangan - va yangi bilimlarni strategik tarzda qo‘llay olgan.
26 yoshli fransuz shunchalik talabchan va qattiqqo‘l bo‘lib chiqdiki, bir-ikki oy ichida u katta klubning kiyinish xonasida o‘z o‘rniga ega shaxsga aylandi. U o‘yinda himoyachilarga erkin buyruq bera oladi, mashg‘ulotlarda ba’zi paytlari jamoadoshlarini haydab chiqaradi va mashg‘ulotlardan keyin ham hatto ularga bosim o‘tkazadi. Albatta, Zlatandek futbolchisi bor jamoada bundayin ishlarni hamma ham qilavermaydi.
Maykni hozir katta senatorlardan biri desak ham bo‘ladi. U doimo jamoadoshlariga ishora qiladi, maslahat beradi va yo‘naltiradi. U o‘yinchilar o‘zlarini xotirjam his qilishlarini xohlaydi. Donnarumma esa bunday ishonchni jamoadoshlariga hadya eta olmagan. Menyan hatto kundalik hayotda ham barchaga namuna bo‘lib xizmat qiladi - uning perfeksionizmi jamoani yaxshi holatda ushlab turadi.
«Mayk har doim toza qo‘lqop va mukammal sayqallangan etiklar bilan maydonga kiradi. Uning shkafida a’lo darajadagi tozalikka amal qilinadi», - deydi darvozabonlar murabbiyi Dida. - Mashg‘ulotlarda u har doim bir mashq ikkinchisidan qanday holati bilan ustun ekanligini, u nima uchun zarurligini, nima uchun aynan hozir bajarilayotganini va maqsad nima ekanligini murabbiydan so‘rashga uyalmaydi. Mayk faqat seyvlari bilan cheklanmagan. U jonli devorning o‘rnatilishini o‘zi shaxsan ishlab chiqadi. Menyan doimo mukammallikka intiladi va buni o‘zidan va jamoadoshlaridan talab qilishdan charchamaydi.
Fransuz posbonining Donnarummadan farqlari ko‘p. Donnarumma o‘z faoliyatini Mino Rayolaning iliq bag‘rida, ona klubining o‘ta ishonchli va raqobat deyarli bo‘lmagan muhitida o‘tkazdi. Shuningdek, u har doim asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lgan. Uning rivojlanish uchun qo‘shimcha motivasiya yo‘q edi. Menyan esa umuman boshqacha. U haqiqiy raqobat muhitida katta bo‘ldi. Parijning chekkasidagi geografik jihatdan ancha abgor muhitda tarbiyalandi. 17 yoshida u "PSJ"ning asosiy jamoasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U yerda hech qachon komfort muhit shakllanmagan va futbolchi raqobat muhitida ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Uning xarakterini Kavani va Zlatan kabi masterlar bir necha bor sinab ko‘rishgan.
"Bir marta Zlatan o‘z zarbalarini mashq qila boshladi. To‘p yonimdan 400 km/soat tezlikda uchib o‘tdi", - deydi Menyan. «Bunday zarbani hatto Buffon ham qaytarolmagan bo‘lardi. U menga qaradi va "Sen darvozabon emas, axlatsan", - deb aytdi. Men buni o‘zimga nisbatan adolatsizlik deb hisobladim. Zlatan yana zarba berdi, lekin men bu safar qaytardim va darhol: "Sen hujumchi emassan", - dedim. U menga yalt etib qaradi, lekin hech narsa demadi. Kiyinish xonasida u meni to‘xtatib, o‘zimni to‘g‘ri tutganim va xarakterim unga yoqishini aytdi. Bu menga ishonchni qaytarib olishimda muhim edi", - deydi Menyan.
Fransuzning ustunligi faqat mavhum psixologizmida namoyon bo‘lmaydi. Menyan Donnarummani darvozabonlikning sof mahoratida ham ortda qoldirdi. Maykda kamdan-kam uchraydigan reaksiya kombinasiyalari yo‘q, lekin Jijining kamchiliklari juda kamdan-kam holatda ko‘zga tashlanadi. U to‘pga chiqishlarda ancha asabiy o‘yin ko‘rsatadi, uzoqdan zarbalar bilan bog‘liq muammolar va to‘pga ishonchsiz reaksiyalar unda ko‘p uchraydi. Iste’dod jihatidan Donnarummadan past bo‘lishi mumkin, lekin barqarorlik va muvozanatli o‘yin uning fishkasi hisoblanadi.
Uning sa’y-harakatlari bilan milanliklar o‘tgan mavsumdagidan 10 ta kam gol o‘tkazib yuborishdi. Menyan himoyachilarni sifat jihatidan rag‘batlantiradi va ko‘proq ishonch uyg‘otadi - hech bo‘lmaganda, u doimiy ravishda jarima maydonchasi tashqarisidan qiyin zarbalarni qaytara oladi. "Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini alohida e’tirof etish kerak. U buni nafaqat darvozada, balki butun jarima maydonchasida ham namoyon etadi", - deydi "Milan"ning sobiq darvozaboni Kristian Abbiati. “Menyan jamoaviy o‘yinda ishtirok etadi va himoyachilar bilan mukammal uyg‘unlikda harakat qiladi. Men esa uning mahoratidan hayratdaman. Reflekslar, juda tez reaksiyalar va plastika uni doimo g‘alaba qozongan holatga keltirdi.
Fransuz ajoyib statistik ma’lumotlar va XG bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. Raqamlar posbon qanchalik golga to‘sqinlik qila olganini ko‘rsatadi. Jarohati tufayli u bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa ham, top-ligalarda o‘z o‘rniga ega kiperga aylandi. Mayk Menyan - dunyodagi eng muhim va nufuzli darvozabonlardan biri. O‘tgan mavsumda u "Lill" bilan "PSJ"ni to‘xtatgan bo‘lsa, bu mavsumda "Milan" bilan skudettoni qo‘lga kiritdi. Fransuzlar uni terma jamoada Lyorisga eng munosib o‘rinbosar deb atashyapti. Agar u o‘z klublarini chempionga aylantirishda davom etsa, terma jamoadagi o‘zgarishlar yanada tezroq sodir bo‘ladi.