Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Futbol tarixidagi eng mashhur kambeklar

Futbol tarixidagi eng mashhur kambeklar

Baho:
+ | -

Futbolda kambeklar ko‘p uchraydi. O‘yinda qanchalik ko‘p gollar bilan kambek hosil qilinsa, uning qadri va mashhurligi shuncha oshadi. Quyida istalgan futbol muxlisi biladigan va osonlik bilan eslaydigan kambeklar haqida gap boradi.

"Liverpul" - "Milan" – 3-3 (2005)

Yevropa futbolida YECHL va uning finalidan qiziqarli va keng qamrovli bahslar bo‘lmasa kerak. 2005 yilgi turnirning finalini esa fantastikaga qiyoslasa arziydi. O‘yin boshlanishi bilan "Milan"dan Paolo Maldini hisobni ochadi. Ernan Kresponing bo‘lim yakunlanishidan avval kiritgan ikki goli, ko‘pchilik ongida "Milan"ni deyarli chempionga aylantirgandi. Ammo hammasi tanaffusdan keyin boshlandi. Kiyim almashtirish xonasida Rafael Benites hamda jamoa sardori Jerrard sheriklarini o‘ziga keltiradi. Shundan so‘ng, ikkinchi bo‘limning atigi 6 daqiqasi ichida 3-0 hisobi durangga aylanadi. Bu esa finalga ekstra-taymlar qo‘shilishini anglatardi. Qo‘shimcha 30 daqiqada hisob ochilmaydi. Penaltilar esa "Liverpul"ning foydasiga hal bo‘ladi. O‘sha afsonaviy final bahsi hozirda "Istanbul mo‘jizasi" deya ataladi.

Angola - Mali – 4-4 (2010)

2010 yilgi Afrika Millatlar kubogi mezbon jamoa, Angola uchun katta hodisa edi. Turnirning ochilish bahsi Maliga qarshi kechadi. Angolalik Flaviu birinchi taymni ikki gol bilan tugatadi. 45 ming tomoshabin qarshisida Angola 2 ta penaltiga ega bo‘ladi va ulardan unumli foydalanadi. Shu orqali umumiy hisob 4-0 ko‘rinishga keladi. Ammo maliliklar taslim bo‘lmagandi. Mehmonlar 94 daqiqaga qadar 4 ta gol urib, 4-4 hisobiga erishadi. Shunday qilib, Angola terma jamoasi g‘alabadan quruq qoladi.

G‘arbiy Germaniya - Vengriya – 3-2 (1954)

Yuqorida Yevropada yuz bergan bir mo‘jiza haqida gaplashdik. Endi esa yana birini ko‘rib chiqishimiz kerak.
1954 yilgi Jahon chempionati finali "Bern mo‘jizasi" nomi bilan tanilgan. Bunga sabab esa Germaniyaning fantastik g‘alabasi edi. O‘yin avvalida vengerlar ustunlikni qo‘lga oladi va Ferens Pushkash hamda Zoltan Sibor gollari bilan oldinga chiqib oladi. Ammo ko‘p o‘tmay vaziyat tubdan o‘zgarib ketadi. Vengriya terma jamoasining ikkinchi golidan 10 daqiqa o‘tib, nemislar hisobni qisqartiradi. Keyinchalik esa yana ikki gol bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan. 1954 yildagi Vengriya termasi Jahon chempionati tarixi davomidagi finalda mag‘lub bo‘lgan eng yaxshi jamoa nomini olgan.

"Barselona" - "PSJ" – 6-1 (2017)

Tarixdagi barcha mashhur kambeklarning o‘z nomi mavjud. "Barselona"ning 2017 yildagisi esa "La Remontada" deb ataladi.
Nimchorak finalning birinchi davrasida safarda 4-0 hisobida mag‘lub bo‘lib qaytgan Messi va uning sheriklari, o‘z maydonida ularni faqat mo‘jizagina qutqarib qolishini yaxshi bilardi. "Nou Kamp"dagi bahs haqiqatdan ham hayratlanarli edi. Bahs boshlanishi bilan 180 soniya ichida Suares oradagi farqni 3 ta to‘pgacha qisqartiradi. Keyin esa Kurzavaning avtogoli va Messining fantastik zarbasi kataloniyaliklarga umid bera boshladi. Ammo Edinson Kavani qizib turgan bahsga biroz sovuq suv sepdi: 3-1. Ikkinchi bo‘lim yakuniga qadar "Barselona" yana 3 ta gol urishga erishgan. So‘nggi nuqtani esa 95 daqiqada Serxi Roberto qo‘yadi. Shunday qilib, "Barselona" umumiy hisobda 6-5 bilan, ajoyib tarzda YECHLning chorak finaliga yo‘l olgan.

 

 

ISMATOV J.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:34, 23.05.2022.
O'qildi: 4440 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.