Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Mbappe qo‘ldan chiqdi: "Real" endi kim bilan shartnoma imzolaydi?

Mbappe qo‘ldan chiqdi: "Real" endi kim bilan shartnoma imzolaydi?

Baho:
+1 | -1

Kilian Mbappe "Real"ga o‘tish fikridan voz kechdi, ammo madridliklar hujum chizig‘iga bitta forvard sotib olishlari kerak. Shu sabab bugun biz “qaymoqranglilar” Mbappe o‘rniga qaysi hujumchilarni sotib olishi mumkinligi haqida fikr yuritishga qaror qildik.

Madridning “Real” klubi Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmadi. Fransiyalik futbolchi bolalikdagi orzularidan voz kechib, katta shartnomani afzal ko‘rib, “PSJ”da qolishga qaror qildi. Oldinroq "Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolashiga ishonib, Erling Xoland xarididan voz kechgan edi. Shundan keyin norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tdi. Shu bois hozirda “qaymoqranglilar” oldida ko‘plab variantlar mavjud emas. Biroq, "Real Madrid" qanday qilib bo‘lmasin, hujum chizig‘ini kuchaytirishi talab etiladi. Bu mavsumda Karlo Anchelotti jamoasida Karim Benzema, Vinisius va bir qator futbolchilar jamoaning o‘yinini yaxshi tomonga o‘zgartira oldi, biroq, Marko Asensio, Eden Azar, Garet Beyl kabi hujumchilar klubga mos o‘yin namoyish etishmadi.

Endi, aniq maqsadga qaytsak. Madrid grandi uchun hujumchi kerak. Ammo qaysi futbolchi? Bizningcha, "Real" uchun ideal futbolchilar hozirda “Liverpul” sharafini himoya qilmoqda. Muhammad Saloh va Sadio Manening mersisaydliklar bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga yetadi. Biroq tomonlar haligacha yangi bitim borasida bir to‘xtamga kelishmagan. Qolaversa, ingliz klubi tarkibida Diogo Jota va Luis Dias kabi hujumchilarning borligi Angliya vise-chempionlari kamida bitta afrikalik bilan xayrlashishi mumkinligiga ishora qiladi. Avvaldan ma’lumki, Saloh va Mane "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni istashadi va xabarlarga ko‘ra, ikki futbolchi ham yozda “qizillar” safini tark etish haqida o‘ylamoqda. Manbaning ta’kidlashicha, ikki afrikalik ham Ispaniya La Ligasida o‘ynashga qarshi emas. Ancha oldin misrlikning ham, senegallikning "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Umuman olganda, bu futbolchilarning biri yozda "Real Madrid"ga o‘tishi mumkindek ko‘rinmoqda. “Liverpul” futbolchilardan birini sotish orqali yaxshigina pul ishlab olishi mumkin. Qolaversa, klubning hujum chizig‘idagi yuqori raqobat bilan bog‘liq keskinlik biroz kamayishi mumkin.

Xorij OAVlari "Real Madrid" "Barselona" futbolchisi bilan tarkibdagi bo‘shliqni to‘ldirishi mumkinligi haqida yozishmoqda. Usmon Dembelening kataloniyaliklar bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va tomonlar uni hali uzaytirishmagan. Fransiyalik futbolchi Mbappening o‘rniga “PSJ”ga o‘tishi mumkin edi. Ammo Kilian Parij klubida qoldi va katta ehtimol bilan Usmon endi ularga kerak emas. "Real Madrid" shu vaziyatdan foydalanib qolishi, hamda Mbappe o‘rniga Dembele bilan shartnoma imzolashga harakat qilishi mumkin. Ammo yana bir muammo bor. Futbolchi Xavi qo‘l ostida yarim mavsum o‘ynadi va o‘z iste’dodini to‘liq namoyish eta oldi. Shuning uchun kataloniyaliklar Dembele bilan osonlikcha xayrlashmasa kerak.  

Madridliklar "Benfika" futbolchisi Darvin Nunyesni qo‘lga kiritish uchun kurashga qo‘shilishi mumkin. "Manchester Yunayted" urugvaylik to‘purarni sotib olish uchun asosiy favorit hisoblanadi, ammo "Real Madrid" futbolchiga yaxshiroq shartnoma taklif qilish orqali futbolchining fikrini o‘zgartira olishi ham ehtimoldan xoli emas. Madridliklar yangi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Shuningdek, Ispaniyada Nunyes til o‘rganishga majbur bo‘lmaydi va Madriddagi ob-havo Angliyanikidan yaxshiroq.

“Real”da "Leypsig" futbolchisi Kristofer Nkunku bilan shartnoma imzolash imkoniyati mavjud. 24 yoshli fransiyalik futbolchi "qirollik klubi"ning qisqa ro‘yxatidan joy olgani haqida xabarlar tarqalgan. Nkunku bu mavsumda hujumkor o‘yinchi sifatida o‘zining nimalarga qodirligini namoyish qildi va uning ko‘p qirraliligi Madrid klubi rahbariyatiga mos kelishi mumkin.

Madridliklar ushbu mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Ochig‘i, tarkibni kuchaytirish "Real" uchun zarur emasdek ko‘rinmoqda. Balki Madrid klubi rahbariyati kelasi mavsum ham shu tarkibga ishonch bildirib, hujumchi sotib olishni keyingi yilga qoldirishi ham mumkin. Kuzatamiz!

Kiritildi: 07:00, 24.05.2022.
O'qildi: 8516 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.