Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

AFC U17 chempionati. O‘zbekiston saralash bosqichida Janubiy Koreya bilan bir guruhdan o‘rin oldi

AFC U17 chempionati. O‘zbekiston saralash bosqichida Janubiy Koreya bilan bir guruhdan o‘rin oldi

Baho:
+ | -

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga 2023 yilda Bahraynda bo‘lib o‘tsa, turnirning final bosqichi yo‘llanmasi uchun saralash bahslari oktyabr oyi boshida o‘tkaziladi. Bugun OFK qarorgohi joylashgan Kuala Lumpur shahrida saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’ani vatandoshimiz Avaz Berdiqulov o‘tkazdi.

Saralash bosqichi bu safar Sharq va G‘arb mintaqalariga ajratilmadi. Qur’adan avval 3-savatchadan o‘rin olgan O‘zbekiston "J" guruhiga joylashdi. O‘smirlarimizga Janubiy Koreya, Bruney va Shri-Lanka raqib bo‘ladigan bo‘ldi. Saralash bosqichi o‘yinlar 5, 7 va 9 oktyabr kunlari Toshkentdagi "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi.

10ta guruh g‘olibi va 2-o‘rinni egallagan jamoalar orasida 5ta eng yaxshi natijaga ega bo‘lgan jamoa Bahrayn maydonlarida o‘tadigan turnirga tashrif buyuradi. Ikkinchi o‘rinni egallaganlar reytingini tuzishda "A", "B", "S" va "D" guruhlarida 5-o‘rinni egallagan jamoaning boshqa termalar bilan natijasi chiqarib tashlanadi. "S" guruhi esa haqiqiy o‘lim guruhiga aylandi: Ummon, Iroq, Qatar, Livan va Bahrayn.

Osiyo chempionati final bosqichida yuqori 4ta o‘rinni egallagan jamoalar 2023 yilning kuz faslida Peruda o‘tkaziladigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

AFC U17 chempionati saralash bosqichi qur’asi natijasi:

"A" guruhi: Yaponiya, Iordaniya, Suriya, Filippin, Turkmaniston
"B" guruhi: Indoneziya, Malayziya, Falastin, Guam, Birlashgan Arab Amirliklari
"S" guruhi: Ummon, Iroq, Qatar, Livan, Bahrayn
"D" guruhi: Hindiston, Saudiya Arabistoni, Myanmar, Maldiv orollari, Kuvayt
"E" guruhi: Yaman, Bangladesh, Singapur, Butan
"F" guruhi: Tailand, Vyetnam, Xitoy Taypeyi, Nepal
"G" guruhi: Avstraliya, Xitoy, Komboja, Shimoliy Mariana orollari
"H" guruhi: Tojikiston, Afg‘oniston, Sharqiy Timor, Mo‘g‘uliston
"I" guruhi: Eron, Gonkong, Qirg‘iziston, Laos
"J" guruhi: Janubiy Koreya, Bruney Dorussalom, O‘zbekiston, Shri Lanka

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:44, 24.05.2022.
O'qildi: 2447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.