Kirish Ro'yxatdan o'tish

YEKL. Final: Mourinyo va Abraxam ovga chiqdi! «Roma» titulga erisha oladimi? (prevyu)

YEKL. Final: Mourinyo va Abraxam ovga chiqdi! «Roma» titulga erisha oladimi? (prevyu)

Baho:
+1 | -

«Roma» ertaga, chorshanba kuni UYEFA Konferensiyalar ligasi finalida ishtirok etadi. Jamoa ustozi Mourinyo o‘z faoliyatida beshinchi sovrinni qo‘lga kiritish uchun harakat qiladi. U yana Yevropa sahniga qaytdi. Joze allaqachon UYEFA kubogini (2003) va Yevropa ligasini (2017) o‘ziniki qila olgan. Endi esa sobiq «MYU» hamda «Tottenxem» ustozida yana bir titul qo‘lga kiritish imkoni mavjud. Ammo bu safar «Roma» bilan, niderland klubi «Feyenoord»ga qarshi kurash olib boradi.
«Roma» o‘z tarixida 1984 yilda Yevropa kubogida finalchiga aylangan. Shuningdek, 1991 yilda ham «Inter»ga finalni boy beradi.

«Feyenoord» Yevrokuboklarda boy tarixga ega. Klub 1970 yilda Yevrokubokda zafar quchgan. Qolaversa, 1974 yilgi UYEFA kubogiga ham ega chiqqan. Ular bo‘lajak finalda yutish orqali ayni damdagi UYEFA tasnifidagi kuboklarni barchasini yutgan tarixdagi ilk jamoaga aylanishi mumkin. Quyida ushbu qarama-qarshilik haqida qisqacha tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Qachon o‘tkaziladi?: chorshanba kuni, 25 may, 21:00da (mahalliy vaqt bilan);
Qayerda o‘tkaziladi?: «Arena Kombetare», Tirana, Albaniya;
Qaysi telekanalda namoyish etiladi: «Sport TV».


Bosh hakam kim?

Ushbu finalni 2010 yildan beri rasmiy turnirlarda ishlab kelayotgan Ishtvan Kovach boshqarib boradi. 37 yoshli vengriyalik hakam bu mavsum davomida UYEFA tasnifidagi ӯyinlarning jami 10 tasida ishlagan. U «Manchester Siti» hamda «Real» o‘rtasidagi yarim final bahsining birinchi davrasini boshqarib borgandi.

Jamoalar ahvoli

Mourinyo o‘z jamoasini A seriyada «Torino» ustidan 3-0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin, finalga boshlab kelmoqda. Undan oldingi turlarda «Roma» «Venesiya» bilan 1-1, «Fiorentina»ga 2-0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
«Feyenoord» Erdiviziyani o‘z uyida «Tvente» jamoasiga qarshi 2-1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugatdi. Ammo ular Yevropa sahnida tengsizlik ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, rotterdamliklar YEKL doirasidagi 12 ta bahsning hech birida mag‘lub bo‘lmadi (8 ta g‘alaba, 4 ta durang). Jamoa 12 ta o‘yindan 10 tasida 2 tadan ko‘p gol ura olgan.

«Roma»da esa bu borada vaziyat sal boshqacharoq. Rimliklar 12 ta bahsning 2 tasida mag‘lub bo‘lgan holda tark etgan (7 ta g‘alaba, 3 ta durang). Har ikki mag‘lubiyat Norvegiyaning «Budyo/Glimt» klubiga uchralgandi.

O‘zaro o‘yinlar

Bu final ikki tomon uchun Yevropa sahnida uchinchi to‘qnashuv bo‘ladi. Ular so‘nggi bor bir-biriga qarshi 2014-2015 yilda Yevropa ligasining nimchorak bosqichida to‘qnash kelgandi. O‘shanda Rim jamoasi umumiy hisobda 2-1 bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi...

Yo‘qotishlar

Mourinyo finalda faqatgina Mxitaryandan foydalana olmaydi, xolos. Chunki unda muskullar bilan bog‘liq muammo bor. Shuningdek, Smolling hamda Zanyoloda kichik jarohatlar mavjud.
«Feyenoord»ning ham bu boradagi ishlar yaxshi emas. Jumaladan, Jastin Beylou, Tirrell Malasiya, Reiss Nelson hamda Gernot Traunerlar davolanishmoqda. Shu sabab, finalda ishtirok eta olmasligi mumkin.

«Roma» uchun taxminiy tarkib:

Rui Patrisiu;
Manchini, Smolling, Ibanyes;
Karsdorp, Kristante, Serjiu Oliveyra, Pellegrini, Zalevskiy;
Zanyolo, Abraxam.

«Feyenoord» uchun taxminiy tarkib:
Marsiano;
Gertryuyda, Trauner, Senesi, Malasiya;
Til, Eursnes, Orkun Kokchu;
Nelson, Dessers, Sinisterra.

Yevropa Konferensiyalar ligasi finalini 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 00:00dan boshlab, "Sport TV" (MTRK telekanallari) orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

 


Jaloliddin ISMATOV

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 21:25, 24.05.2022.
O'qildi: 6513 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.