Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Baxtiyor Ashurmatov: «Ikkinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazdik»

Baxtiyor Ashurmatov: «Ikkinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazdik»

Baho:
+ | -

Jizzaxda o‘tgan “So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912”  uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida  mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.
 
“So‘g‘diyona”ning kuchini qaysi jihatlarda ekanini bilardik. Futbolchilarimizga ham ta’kidlagandik, ularning birinchi kuchi standart vaziyatlar, ikkinchisi tajovuzkor futbol ko‘rsatishadi, yakka kurashlardagi ko‘p vaziyatlarda g‘olib chiqishadi va oxirigacha kurashadi. Afsuski, biz aytgan jihatlarda yutqazdik. Shohruz Norxonov standart vaziyatlarda juda xavfli ekanini aytgandik. Biroq burchak zarbasidan keyin uni “yo‘qotib” qo‘ydik va gol o‘tkazdik. Bu gol o‘yinda tub burilish yasadi. Ikkinchi golda biz markazda yakka kurashda yutqazdik va raqib gol urdi. Shundan keyin tavakkal qilishga majbur bo‘ldik va uchta hujumchi bilan o‘ynadik. “So‘g‘diyona” uchun bo‘shliqlar paydo bo‘ldi. Natijada ular bundan foydalandi. Birinchi bo‘lim bilan ikkinchi bo‘lim o‘rtasida katta farq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazdik. “So‘g‘diyona” jamoasi esa ikkinchi bo‘limda har tomonlama kuchliligini ko‘rsatdi. Mezbonlarni tabriklaymiz. Shuncha yo‘l bosib jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarimiz yetib kelishgandi. Hamma narsani tushunishim mumkin, aytaylik, futbolda yutqazish yoki raqib jamoa omadliroq chiqishi va imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Lekin futbolchilar jonini berib o‘ynamagani, yakka kurashlarda sog‘ligini o‘ylab kurashmaganlarni tushunmayman. Mana shunday kurashmaydigan o‘yinchilar keyingi o‘yinlardan zaxirada qoladi. Hozir qaysidir futbolchilarni ayblamoqchi emasman. Ammo biz yakka kurashlarda yutqazdik. Tarkibimizda tanlash imkoniyati ko‘p emasdi, bor imkoniyatlardan foydalanishga harakat qildik. Biroq 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat juda og‘riqli. Ayb biz murabbiylar shtabida, aybni o‘z bo‘ynimizga olamiz. Uch kundan keyin yana o‘yin va tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 22:54, 24.05.2022.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик