Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

A Seriya. Mavsum laureatlari bilan tanishing

A Seriya. Mavsum laureatlari bilan tanishing

Baho:
+ | -

 

Qizg‘in va murosasiz kechgan Italiya A Seriyasi o‘z yakuniga yetdi. “Milan” 11 yillik tanaffusdan so‘ng yana taxtga qaytdi. Quyida esa individual sovrinlar va yilning eng yaxshilari haqida so‘z yuritamiz.   

To‘purar: Chiro Immobile («Lasio») - 27 gol

“Gol+pas” tizimidagi eng yaxshi: Chiro Immobile (“Lasio”) – 29 ochko (27+2)

32 yoshli hujumchi bu mavsumda Kalsioda tengsiz bo‘ldi. Immobile har bir golga o‘rtacha 100 daqiqa vaqt sarfladi va agar u “Spesiya” va “Empoli” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantirganida, undan ham ko‘proq gol urishi mumkin edi. Biroq 11 metrdan yettita aniq zarba ham munosib natija hisoblanadi. Eng yaqin ta’qibchi Dushan Vlahovich “Fiorentina” va “Yuventus” safida 24 ta gol urdi.

"Sassuolo"dan Domeniko Berardi Immobile bilan bir xil ochko to‘pladi (33 uchrashuvda 15+14). “Gol+pas” nominasiyasida kuchli uchlikni Dushan Vlahovich (27 ochko) yopdi.

Eng yaxshi assistent: Domeniko Berardi (“Sassuolo”) – 14 golli uzatma

Berardi bir mavsumda eng ko‘p golli uzatma berish bo‘yicha shaxsiy rekord o‘rnatdi. Uning oldingi natijasi 11tani tashkil qilardi. “Sassuolo” hujumchisi jamoasining barcha gollarining deyarli yarmida ishtirok etgan. Italiyaning bir qancha top-klublari uni birdaniga qo‘lga kiritishni istashsa ajab emas. A seriyadagi 9 yil davomida uning hozirgi jamoasi faqat bir marta kuchli 6talikka kirgan.

Berardidan keyin “yordamchilar” jadvalida “Inter”ning ikki yarim himoyachisi – Xoqon Chalxanoglu va Nikolo Barella bor. Ikkalasi ham 12 tadan golli uzatmani amalga oshirishdi.

G‘alaba goli muallifi: Dushan Vlahovich (“Fiorentina”/”Yuventus”) – 10 gol

22 yoshli hujumchi uchun 24 ta goldan 10 tasi g‘alaba keltirgani ajoyib natijadir. Vlaxovich yangi klubga o‘tganidan so‘ng tezligini pasaytirmadi va 15 o‘yinda 7 ta gol urdi. "Yuventus" o‘zining Xolandini topib olganga o‘xshaydi.

Eng muhim to‘purar: Joau Pedro (“Kalyari”) – jamoa gollarining 38,2 foizi.

Joau Pedroning 13 ta goli "Kalyari"ning A seriyadagi o‘rnini saqlab qolishga yordam bermadi. Klub 38 uchrashuvdan keyin 30 ochko bilan 18-o‘rinni egalladi.

Supersub: Andrea Belotti (“Torino”) – 5 ta gol

Joriy mavsumning eng yaxshi haloskori - "Torino"ning 28 yoshli sardori. Andrea olti marta zaxiradan maydonga tushdi va beshta gol urdi. Umuman olganda, Belotti zaxiradan maydonga tushganidan keyin 160 daqiqa vaqt o‘tkazdi.

Zaxiradan maydonga tushganidan beri hech kim to‘rt marta gol ura olmadi. Belottining nominasiyadagi qolgan raqiblarida "zaxiradan" uchtadan ko‘p bo‘lmagan gol bor.

Eng yaxshi darvozabon: Mayk Menyan (“Milan”) – 32 ta o‘yin 17 tasi “quruq” (53,1%).

Fransiyalik futbolchi har ikkinchi o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi, garchi bu Menyanning A Seriyadagi birinchi mavsumi bo‘lsa-da. O‘tgan yili Mayk muntazam ravishda Lillda o‘ynadi - 38 ta o‘yindan 21 tasida gol o‘tkazib yubordi.

Jadvalda Menyandan keyin mos ravishda “Inter” va “Roma” darvozabonlari Samir Xandanovich va Rui Patrisiu joy olishdi. Ularda 15 ta "quruq" o‘yin bor.

“Temir odamlar”: Rui Patrisiu (“Roma”), Gulyelmo Vikario (“Empoli”) – 38 ta o‘yinning hammasini o‘tkazdi.

A Seriyadagi 38 o‘yinning barchasini birinchi daqiqadan so‘nggi daqiqagacha faqat ikkita futbolchi o‘tkazgan. Agar mavsum Patrisio uchun juda yaxshi bo‘lgan bo‘lsa (uning jamoasi Yevropa ligasiga chiqdi), Vikario 70 ta gol o‘tkazib yubordi va bor-yo‘g‘i yetti o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eng yosh futbolchi: Simone Pafundi (“Udineze”) – maydonga 16 yoshida 2 oy 8 kunlik tushgan.

2006 yilda tug‘ilgan hujumchi "Salernitana" bilan so‘nggi turda A Seriyada debyut qildi. Pafundi 22 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Eng keksa futbolchi: Janluka Pedjyolo (“Sassuolo”) – maydonga 40 yosh 8 oy 27 kunligida tushgan.

Darvozabon joriy mavsum A seriyada atigi bitta o‘yin o‘tkazdi - u "Boloniya"dan 3 ta gol o‘tkazib yubordi.

Yanvar oyida faxriy Italiya kubogida ikkita o‘yin o‘tkazdi, ulardan bittasida darvozasidan gol olib chiqmadi.

M.Pardaboyev tarjimasi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 00:32, 25.05.2022.
O'qildi: 2955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.