"Nyukasl Yunayted" darvozaboni jamoada baxtli. Xabarlarga ko‘ra, Martin Dubravka keyingi mavsumni ham "qarg‘alar" safida o‘tkazish niyatida.
33 yoshli darvozabon o‘z o‘rnini boshqaga berishni istamaydi. "Nyukasl" mavsum davomida "MYU" vakili Din Xenderson hamda "Chelsi" kiperi Kepa Arrisabalaga bilan muzokaralar o‘tkazib kelgan.
Slovakiya terma jamoasi a’zosining amaldagi bitimi 2025 yilga qadar imzolangan.