Murabbiy Xabi Alonso mavsum oxirida "Real Sosyedad" yoshlar jamoasi bilan xayrlashadi.
Klub o‘zining rasmiy saytida taniqli sobiq futbolchi jamoani tark etayotganini ma’lum qildi.
"Liverpul", "Real" va "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi 2019 yildan beri "Real Sosyedad"ning ikkinchi jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
Joriy mavsumda Alonso va uning jamoasi Ispaniyaning ikkinchi divizionini tark etdi.
Oldinroq Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Xabi Alonso Belgiyaning "Bryugge" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.