Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzal. Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi. O‘zbekistonning raqiblari ma’lum

Futzal. Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi. O‘zbekistonning raqiblari ma’lum

Baho:
+ | -

Bugun futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni OFK musobaqalarni o‘tkazish departamenti direktori Avaz Berdiqulov o‘tkazdi.

Qur’a natijasida O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda bizga Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston raqiblik qilishadi. Mazkur guruhda dastlabki 2ta o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalda "A" guruhi vakillari bilan to‘qnash kelishadi. "A" guruhidan esa mezbon Kuvayt, shuningdek, Iroq, Tailand va Ummon terma jamoalari o‘rin olishgan. Demak, terma jamoamiz yarim finalga qadar qit’aning kuchli jamoalari hisoblangan Yaponiya va Eron bilan to‘qnash kelishmaydi.

Osiyo chempionati 2022 yilning 25 sentyabridan 20 oktyabriga qadar muddatda Kuvayt mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi hisoblanmaydi.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichi uchun tashlangan qur’a natijasi

"A" GURUHI
1. Kuvayt
2. Iroq
3. Tailand
4. Ummon

"B" GURUHI
1. O‘zbekiston
2. Bahrayn
3. Tojikiston
4. Turkmaniston

"C" GURUHI
1. Eron
2. Livan
3. Xitoy Taypeyi
4. Indoneziya

"D" GURUHI
1. Yaponiya
2. Vyetnam
3. Janubiy Koreya
4. Saudiya Arabistoni

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:27, 26.05.2022.
O'qildi: 3675 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик