Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yarim himoyachi Gavi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yaqin 2 kun ichida Gaviga yangi shartnoma taklifini jo‘natadi va har ikki tomon kelishuvga erishadi.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli ispaniyalik futbolching amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi.