Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bilasizmi, Jota familiya emas

Bilasizmi, Jota familiya emas

Baho:
+ | -

Ha, «Liverpul»da o‘ynayotgan portugaliyalik hujumchi/yarim himoyachi Diogu Jotaning asl familiyasi boshqacha. U o‘z ism-sharifiga J harfini shunchaki, ko‘plab Silvalardan ajralib turish uchun qo‘shib olgan.

Bilim inson hayotini butunlay o‘zgartirib yuborishi - ayni haqiqat. «Liverpul» safiga qo‘shilishi bilan Yurgen Klopp ishonchini qozongan va qozonayotgan portugaliyalik Diogu Jota aslida Jota emas. Allaqachon barchaning tiliga ham, qulog‘iga ham birdek tanish «brend»ga aylangan Jota shunchaki, taxallus. Futbolchiga bu ibora J harfining portugal tilidagi talaffuz xususiyati va o‘zi Silvalar qatorida ajralib turishni xohlagani tufayli «yopishgan». Deylik, portugaliyalik hujumchi Chempionshipda «Vulverxempton» sharafini orqasiga Silva yozuvi tushirilgan futbolkada himoya qilgan. Chunonchi, uning to‘liq ism-sharifi - Diogu Xose Teysheyra da Silva. 

Qiziq, unda «Jota» qachon va qanday paydo bo‘lgan? Gap shundaki, Silva - Portugaliya­da eng keng tarqalgan familiya. Xususan, Diogu tahsil olgan mahalliy «Pasush» akademiyasida ham o‘sha vaqt juda ko‘p Silvalar to‘planishgandi. Xullas, «Liverpul»ning bo‘lajak yarim himoyachisi|hujumchisi boshqalardan ajralib turishni xohlab, o‘zini o‘zgacha talqinda tanishtiradi - Diogu J. Aytgancha, uning ukasi Andre ham futbolchi. Far­qi shuki, Andre asl familiya­sini saqlab qolgan Yo‘q, «RB Leypsig»da yetarlicha gol urayotgan Andre Silva boshqa - Dioguning ukasi ayni payt «Gondomar» klubida o‘ynamoqda. Qolaversa, futbolchi boshida Jota familiyasini olishni o‘ylamagan ham. U shunchaki, orqasida J harfi yozilgan formada to‘p sura boshlagan. Keyinchalik hamma Dioguga Jota iborasini «yopishtirgan». Gap shundaki, portugal alifbosidagi J harfining talaffuzi - Jota. Portugaliya alifbosida ham J qattiq harflar guruhiga kiradi aynan «J» sifatida talqin qilinadi. Ispan tilida esa bu o‘qilishi bo‘yicha «X» hisoblanadi. Bunga misol: «Alaves» tarbiyalanuvchisi Xota Peleteyro (APLda «Aston Villa» libosida ko‘rinish bergan futbolchi).

Dioguga qaytsak, u «Vulverxempton»ning Chempionshipdagi o‘yinlarida ham Silva familiyasi bilan harakatlangan. Chunonchi, liga qoidalariga muvofiq, futbolchilar libosiga ularning haqiqiy ism-shariflari bitilishi shart. 2018 yili «bo‘rilar» APLga ko‘tarilishdi va Diogu yana sevimli J harfini libosi orqasiga qaytardi. «Vulvz» safidagi mazmunli o‘yinlar esa portugaliyalikka «Liverpul» eshigini ochdi. Asosiysi, Jota «qizillar» o‘yiniga hech qanday muammosiz qo‘shilib, bir urinishda gollar «terish»ga tushdi va Jota familiyasi bilan keng tanildi.

APL Silva familiyasiga ega ajoyib futbolchilar ko‘p: Bernardudan tortib, Tyagugacha. Lekin Jota - yagona!

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:00, 26.05.2022.
O'qildi: 3975 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.