Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

YECHLning 2018 yilgi finalida ishtirok etgan futbolchilar hozir qayerda?

YECHLning 2018 yilgi finalida ishtirok etgan futbolchilar hozir qayerda?

Baho:
+ | -

Esingizda bo‘lsa 2018 yil aynan 26 may kuni Yevropa Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tgandi. Unda «Real» hamda «Liverpul» jamoalari to‘qnash kelgan. Yakun esa madridliklarning 3-1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan tugagan. Quyida bundan 4 yil ilgari finalda ishtirok etgan (boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan) futbolchilarning ayni damdagi manzillari haqida so‘z yuritiladi.

1. «Real» (4-3-3)

Keylor Navas (darvozabon) – «Real»da muxlislar yoqimtoyi bo‘lgan futbolchi. U tez orada Kurtua tomonidan almashtirilgan va «PSJ»ga yo‘l olgan. Ayni damda esa Parijda Donarrumma soyasida qolmoqda.

Dani Karvaxal (chap qanot) – 30 yoshli futbolchi o‘z tengqurlari ichida eng yaxshilardan biri. Ayni damda ham u «Real» bilan birga.

Varan (markaziy) – amaldagi jahon chempioni 10 yillik xizmatidan keyin jamoani tark etdi. U 2021 yilda «MYU»ga yo‘l olgandi.

Serxio Ramos (markaziy) – «Real» tarixidagi eng yaxshi himoyachi. U Ispaniyada hamma sovrinlarga ega chiqqan. Ramos o‘tgan yozdan beri «PSJ» bilan birga.

Marselo (chap qanot) – hozirga qadar klub bilan birga. Ammo Marselo yozda ketishini ma’lum qilgan. Keyingi manzil esa aniq emas.

Modrich (yarim himoyachi) – o‘z o‘rnida dunyoning eng yaxshisi. 36 yoshli xorvat «Real»da qolmoqchi va shu yerda hammasiga yakun yasaydi.

Kazemiro (yarim himoyachi) – hali ham katta hajmga ega. U «Real»ning muhim vakili bo‘lib qolmoqda.

Kroos (yarim himoya) – u ham sheriklari kabi: muhim va muqim...

Isko (o‘ng qanot) – uning davri o‘tib bormoqda. Bir paytlar olamga sig‘magan futbolchi, bugun «Real»dan ketmoqda.

Benzema (hujumchi) – hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi va hujumchisi. Bugun butun jamoa unga ishonib turibdi.

Ronaldu (chap qanot) – kimligini yaxshi bilasiz. U o‘sha finaldan keyin jamoani tark etadi. «Yuventus»dan keyin, Ronalduning manzili yana Angliya tomonlarga tushdi.

2. «Liverpul» (4-3-3)

Loris Karius (darvozabon) – 2018 yilgi finalning antiqahramoni. Shundan keyin u «Beshiktosh» hamda «Berlin» klublarida harakat qildi.

Aleksander-Arnold (o‘ng qanot) – eng yosh va iqtidorli futbolchi. Harxolda, 2018 yilda Trent shunday edi. Ayni damda 23 yosh bo‘lgan futbolchi darajasini saqlab kelmoqda.

Lovren (markaziy) – u 6 yil mersisaydliklarga xizmat qildi. Keyin esa «Zenit»ga sotib yuborilgan edi.

Van Deyk (markaziy) – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. U «Liverpul»da hali ham yetakchi sanaladi.

Robertson (chap qanot) – u ham hali-hamon shu jamoada qolmoqda. Robbo Kloppning eng barqaror va ishongan futbolchilaridan biridir.

Xenderson (yarim himoyachi) – jamoaning haqiqiy sardori. U yaqin yillarda YECHL, APL, AFL hamda Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Viynaldum (yarim himoyachi) – u 2021 yilda ketdi. O‘tgan yozda «PSJ»ga yo‘l olgan qahramonimiz, bu yozda yana ko‘chish niyatida.

Jeyms Milner (yarim himoyachi) – 36 yoshli faxriy futbolchi. U ham «Liverpul»da qolmoqda. Ammo kam foydalaniladi. Kezi kelganda jamoaga yordam berib turadi, xolos.

Muhammad Saloh (o‘ng qanot) – 2018 yilgi finalning eng baxti qaro vakili. Chunki Saloh o‘yin boshlanganidan keyin bir necha daqiqa o‘tgach, jarohat olgan. U kelayotgan bahsda barchasi uchun «qasos» olmoqchi.

Firmino (hujumchi) – endi sevimli bo‘lmay qolgan futbolchi. Chunki braziliyalik ortiq asosiy tarkib vakil emas. Shu sabab zaxirada o‘z imkonini poylashga majbur bo‘lmoqda.

Sadio Mane (chap qanot) – senegallik qahramon. U ham «Liverpul» uchun ko‘p yordam berib kelmoqda. Ammo Manening bitimi yakuniga yetishga yaqin turibdi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:50, 26.05.2022.
O'qildi: 2942 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.