Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun futbol. «Navbahor» - «Lokomotiv»

Bugun futbol. «Navbahor» - «Lokomotiv»

Baho:
+ | -

Bugun bo‘lib o‘tadigan ikkita o‘yin bilan Superliga 11-tur bahslariga start beriladi.

Bugun «Lokomotiv» «Navbahor» mehmoni bo‘ladi. Namangandagi Markaziy stadionda kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi.

Turnir jadvalida «Navbahor» 17 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda boryapti. To‘plar nisbati 10-6. «Lokomotiv» esa 12 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi. «Temiryo‘lchilar»da to‘plar nisbati 11-13.

Shu paytgacha 9 bellashuvda maydonga tushgan «Navbahor» shundan beshtasida g‘alaba qozonib, ikki martadan durang va mag‘lubiyat qayd etdi. Jamoa o‘z maydonida 5ta o‘yin o‘tkazib, «Nasaf» va «Neftchi» bilan durang o‘ynadi, «Qo‘qon-1912» va «Bunyodkor»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «So‘g‘diyona»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugungi bahs «Lokomotiv»ning safardagi 6-uchrashuvi bo‘ladi. Shu paytgacha safarda besh bor maydonga tushgan «temiryo‘lchilar» «Qizilqum», «Bunyodkor», «Dinamo»ga imkoniyatni boy bergan holda «Neftchi» bilan «Olimpik»dan ustun kelishdi. «Loko»ning safardagi oxirgi ikkita o‘yini g‘alaba bilan yakun topgan.

27 may, juma. 19:00
NAVBAHOR – LOKOMOTIV
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
Komissar: Jamshid Imamov

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:00, 27.05.2022.
O'qildi: 1304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик