Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Viktor Kumikov: "Bunday jamoalar bilan o‘ynash doim og‘ir"

Viktor Kumikov: "Bunday jamoalar bilan o‘ynash doim og‘ir"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Zomin” (2:1) uchrashuvidan keyingi o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov qatnashdi.

-  O‘zingiz ko‘rdingiz, shiddatli o‘yin bo‘ldi. Bunday jamoalar bilan o‘ynash doim bizga og‘ir bo‘ladi. Ularda ruhiy tomondan hech qanaqa bosim yo‘q. Bizga esa g‘alaba zarur. Ularda bosim yo‘qligi uchun hujumlari xavfliroq chiqdi. Bizda aksincha. Biroz asabiy uchrashuv bo‘ldi. Raqibda bir yarim taym davomida bittagina zarba bo‘ldi. O‘zimiz xato qildik va gol o‘tkazdik. Asosiysi, g‘alaba qozondik. Bundan keyin ham oldinga intilamiz. Keyingi o‘yin ham oson bo‘lmaydi. Chunki navbatdagi raqib “Yangiyer”.

-  To‘g‘ri, “Andijon” yutdi. Ammo g‘alabadan hamma ham xursand emas. Bilamizki, sizni taktikangiz asosan qanotlardan to‘p uzatilishi orqali amalga oshadi. Bir xil taktikadan foydalanilyapti...

-  Boshqa murabbiy va futbolchilarni olib kelinglar! Yaxshi o‘yinchilarni sotib olinglar, xohlasanglar “Barselona”ga o‘xshab o‘ynanglar. Mening uslubim esa shunaqa. Yaxshi o‘ynasang ham ba’zi odamlar bor, ularga yoqmaydi. 99 foiz hamma xursand. Muxlislarni, futbolchilarni ko‘ring, barcha quvondi. Hamma qarsak chalyapti...

-  Bugun negadir asosiy himoyachilar - Ildar Mamatkazin bilan Vladimir Bubanyaning o‘yini unchalik qovushmadi. Bunga nima deysiz?

-  To‘g‘ri, Ildarni birgina xatosi bo‘ldi. Ammo biz 20 ta imkoniyat yaratdik. Har doim shunaqa, hatto 10:0 ga yutsak ham gapirishadi. Axir inson bunday bo‘lmaydi. Agar rahbariyat meni ishimdan qoniqmasa, arizamni yozishim mumkin. “Andijon” doim “Barselona” singari o‘ynganmi? Siz shunday o‘ylaysizmi? Xuddiki, men kelib jamoaning o‘yini o‘xshamay qolgandek...

Kiritildi: 20:43, 27.05.2022.
O'qildi: 868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.