Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Erkin agentlardan tuzilgan ramziy terma jamoa haqida

Erkin agentlardan tuzilgan ramziy terma jamoa haqida

Baho:
+ | -

Bugun ko‘plab futbolchilar o‘z shartnomalarining so‘nggi davrini o‘tkazmoqda. Ular tez orada erkin agent sifatida o‘z jamoasidan ketadi va yangi jamoa izlay boshlaydi. Bu hol har yili takrorlanaveradi. Tekin futbolchilarga qiziqqan tomonlar esa bitim orqali ularni jalb etish imkoniga ega bo‘ladi. Quyida yozda erkin agentga aylanadigan o‘yinchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa qayd etilgan.

Darvozabon – Valter Benites

«Nissa» darvozaboni bu mavsumda yil kiperi nominasiyasiga nomzod bo‘lgandi. 29 yoshli futbolchida hali o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha vaqt mavjud. Uni sotib olgan jamoa esa faqat foyda ko‘radi.

O‘ng qanot – Serj Orye

Sobiq «Tottenxem» vakili APLda omadini topa olmadi. Yozda esa istalgan jamoa safini to‘ldirishi mumkin. 29 yoshli himoyachi foydali xaridlardan biri sanaladi.

Markaziy himoyachi – Andreas Kristensen

Daniya terma jamoasi a’zosi «Chelsi»ning muhim vakillaridan biri edi. Ammo London klubi hukumat taqiqi sabab uni jamoada olib qola olmaydi. Shunday ekan u ham ozod qush.

Markaziy himoyachi – Jeyms Tarkovski

«Byornli» vakili o‘z jamoasini o‘zgartiradi. Negaki, uning klubi APLda qola bilmadi. 29 yoshli himoyachi sifatli futbolchidir. Shu sabab uning xaridorlari anchagina. APLning o‘zida Tarkovskiga qiziquvchilar soni ortib bormoqda.

Chap qanot – Xalstenberg

30 yoshli «Leypsig» futbolchisi bu mavsumni jarohatlar iskanjasida o‘tkazdi. Ammo u hali ham Yevropa klublari uchun foydali xarid bo‘la oladi. Nemis futbolchisi nafaqat qanotda, balki markaziy mudofaada ham harakat qiladi. Bu esa uning ustun taraflaridan biridir.

Yarim himoyachi – Pol Pogba

«Qizil iblislar» vakili shu kungacha sayyoramizdagi eng iste’dodli futbolchilardan biri sifatida qaralar edi. Biroq uning APLdagi ishlari yurishmadi. Balki «Yuventus»ga qaytish, uni yana katta sahnaga olib chiqar. Harxolda, u yerda haqiqiy Pogba nimalarga qodir ekanini ko‘rgan edik.

Yarim himoyachi – Florian Grillich

«Xoffenxaym» vakili markaziy himoyachi ro‘lini ham yaxshi bajaradi. 26 yoshli futbolchi bu yoz erkin agentga aylanadi. Avstriya terma jamoasi a’zosi tajribali futbolchi sifatida istalgan jamoaga mos keladi.

Yarim himoyachi – Eriksen

U APLga qaytganidan buyon, top-darajasini namoyon etib kelmoqda. Erkisen «Brentford» klubidan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo yuragidagi muammolar sabab Italiyaga bora olmaydi. Shu tufayli daniyalikni keyingi mavsum ham Angliyaning o‘zida ko‘rsak kerak.

Chap qanot – Usmon Dembele

«Barselona» hujumchisi yozda Kataloniyani tark etadigan ko‘rinadi. 25 yoshli fransuz o‘z faoliyatining burilish nuqtasida turibdi. Dembele ancha qiyinchiliklardan keyin biroz barqarorlikka erisha olgandi. Ammo hali yangi bitim tuzganicha yo‘q.

O‘ng qanot – Paulo Dibala

Argentinalik bu mavsumda jami 15 ta gol urishga erishdi. Ammo «Yuventus» uni olib qolishni istamayapti. Dibala hujum uchligining har qaysi nuqtasida o‘ynay oladi. U hujumchi ortida o‘ynash uchun ham moslashgan. Shu sababli istalgan klub uning ortidan foyda ko‘rishi mumkin.

Markaziy hujumchi – Luis Suares

Ro‘yxatimizdagi eng tajribali futbolchilardan biri Suaresdir. Ammo uning shartnomasi yakuniga yetmoqda va «Atletiko» uni qo‘yib yuborishga tayyor. Urugvay terma jamoasi a’zosi bu mavsumda 15 ta gol urishga erishgan. Suares hali bir necha mavsum yuqori darajada o‘ynab bera oladi. Demak, klublar uni boy bermasligi kerak.

 


ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 23:55, 27.05.2022.
O'qildi: 2851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.