Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Liverpul" dunyodagi eng qimmat tarkiblardan biriga ega. Klub bunga qancha pul sarfladi?

"Liverpul" dunyodagi eng qimmat tarkiblardan biriga ega. Klub bunga qancha pul sarfladi?

Baho:
+ | -

Bu mavsumda "Liverpul" tarixiy yutuq, ya’ni kvadrupl qayd etmaydi. Yurgen Klopp shogirdlari g‘olibdan bir ochko ortda qolgan holda APL chempionligidan mahrum bo‘lishdi. Shunga qaramay, ingliz klubi mavsumdagi uchinchi sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Jamoa bugun 28 may kuni Chempionlar ligasi finalida “Real”ga qarshi bahs olib boradi. Biz "Liverpul"ning 1 milliard yevroga baholangan tarkibiga e’tibor qaratdik.

Darvozabonlar (68,7 mln yevro)

To‘rt yil avval Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" darvozasini Loris Karius himoya qilgandi. O‘shanda u, esingizdagidek, juda yomon o‘ynagan. 2018 yilning iyul oyida “Liverpul” Alissonni “Roma”dan transfer qildi va darvozabonlar uchun rekord darajadagi transferni amalga oshirdi.

Bir necha hafta o‘tgach, bu natija Kepa uchun 80 million yevro to‘lagan "Chelsi" yangiladi. Karius hali ham tarkibda, garchi halokatli finaldan beri Turkiya va Germaniyada ijara asosida o‘ynagan.

Himoya ( 151,55 million yevro)

2018 yilning yanvarida "Liverpul" Virjil van Deyk uchun deyarli 85 million yevro to‘lab transfer rekordini o‘rnatdi. O‘sha paytda boshqa hech bir himoyachiga bunchalik katta summa to‘lanmagan edi. Keyinchalik bu natija mos ravishda Matteys de Ligt va Harri Maguayrni sotib olgan "Yuventus" va "Manchester Yunayted" tomonidan yangilandi.

Ibrohima Konate ham “Liverpul”ga ancha qimmatga tushdi va Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida u yaxshi o‘ynadi (ikkita gol urdi). To‘g‘ri, turnirning so‘nggi o‘yinlarida "Liverpul" ko‘p gol o‘tkazib yubordi, bu esa "Real Madrid"ning kuchli hujumi bilan uchrashishdan oldin muxlislarni xursand qilmasligi aniq.

Yarim himoyachilar (183 mln yevro)

2018 yilning yozida “Liverpul” safiga ikki markaziy yarim himoyachi kelib qo‘shildi Fabinyo va Nabi Keyta uchun 105 million yevro to‘langan. Braziliyalik futbolchi jamoa tarkibidagi muhim figuradir u Chempionlar ligasining barcha o‘yinlarida maydonga tushgan.

Aleks Oksleyd-CHemberlenning ro‘yxatida mavjudligi diqqatga sazovor. Angliyalik futbolchi deyarli 40 million yevroga sotib olindi, ammo joriy mavsumda u Chempionlar ligasi pley-off bosqichida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.

Hujumchilar (238,73 mln yevro)

"Liverpul"ning hozirgi tarkibida 100 million yevroga sotib olingan bitta ham o‘yinchi yo‘q "Real Madrid"da shunday futbolchilar bor va ular deyarli o‘ynashmaydi. Hech bir hujumchi hatto Muhammad Saloh ham “Liverpul”ga 50 million yevrodan qimmatga tushmagan.

Joriy mavsumda misrlik futbolchi Sadio Mane va Roberto Firmino bilan birgalikda Chempionlar ligasida jami 18 ta gol urishga erishdi. Qolaversa, afrikalik hujumchilar o‘yin daqiqalari bo‘yicha kuchli beshlikdan joy olishdi.

“Liverpul” bu tarkib uchun 641,98 million yevro sarflagan bo‘lsa, hozir uning narxi 900,5 million yevroga yetdi. Ingliz klubi tarkib qiymati bo‘yicha uchinchi eng qimmat klub hisoblanadi. Faqat “Manchester Siti” va “PSJ” ulardan yuqorida turibdi.

“Liverpul”ning bu qimmat tarkibi jamoaga Chempionlar ligasini yutishda yordam bera oladimi, yo‘qmi buni bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadigan o‘yin ko‘rsatadi.

Kiritildi: 10:53, 28.05.2022.
O'qildi: 4523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.