Libertadores kubogi doirasidan o‘rin olgan bir bahsda ko‘pchilik kutmagan mega voqea sodir bo‘ldi: «River Pleyt» hujumchisi Xulian Alvares Peruning «Alyansa Lima» klubi darvozasiga naq 6 ta gol urdi. Buenos-Ayres jamoasi yakunda 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu lahza haqiqatan ham tarixiy ahamiyat kasb etdi: bungacha Libertadores kubogi bahsida faqat bir futbolchi bir o‘yinda 6 ta gol urgan edi - 1985 yilda boliviyalik Xuan Sanches. «River Pleyt» tarixida hech qachon shu paytgacha qo‘sh xet-trik bo‘lmagan.
Bundan tashqari u qolgan ikkita goldagi kombinasiyada ham faol ishtirok etdi. Ushbu voqealar jamlanamasini qisqacha tomosha qilishingiz mumkin.
Tez orada Alvaresni top klubda ko‘ramiz
Yanvar oyida «Manchester Siti» 22 yoshli argentinalik futbolchini 14 million funtga sotib olgan, biroq unga yozgacha «River Pleyt»da o‘ynab turishiga imkon berilgandi. Murabbiy Marselo Galyardo yigitchani qanday qilib jamoada olib qolish haqida bosh qotirmoqda.
«Agar imkonim bo‘lsa, Gvardiola bilan gaplashib, Xulianni yil oxirigacha saqlab qolishimizni so‘ragan bo‘lardim», - deydi Galyardo o‘yindan keyingi matbuot anjumanida. «Ammo uning yangi klubi bu uchun juda ko‘p pul to‘lagan. «Manchester Siti»ning imkoniyatlarini cheklab qo‘yish oson emas. Agar Alvares keyingi yanvargacha Argentinada qolsa, biz juda xursand bo‘lardik», — deydi murabbiy. Bu borada Yevropaning boshqa klublari ham Alvaresga qiziqish bildirmoqda - ular futbolchini ijaraga olmoqchi. Ammo Xulian hech qayerga ketmaydi. Pepning futbolchi uchun katta rejalari bor.
Yevropa top-klublari uzoq vaqtdan beri Xulianga qiziqib kelgan. 11 yoshida u «Real Madrid» bazasini ko‘rgani bordi. U yerdagi hamma futbolchining o‘yinidan hayratda qoldi, lekin mamlakatda Ispaniyada voyaga yetmagan bolalarning transferi bo‘yicha qat’iy qoidalar mavjudligi tufayli shartnoma imzolanmay qoldi. Shunday qilib, hujumchi «River Pleyt»ga o‘tishga qaror qildi.
O‘tgan yozda Alvares juda nufuzli kubokni qo‘lga kiritdi - Argentina terma jamoasi bilan birgalikda Amerika Kubogida g‘olib chiqdi. Boliviyaga qarshi maydonda bor-yo‘g‘i 34 daqiqani o‘tkazgan bo‘lsada, uning o‘yini mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. U mamlakati uchun ahamiyati muhim bo‘lgan g‘alabada ishtirok etdi. Bungacha, darvoqe, Xulian terma jamoa bilan JCH-2018ga borgandi, ammo qaydnomaga kiritilmagan.
Bu qishda Alvaresga «Manchester Yunayted» da’vogarlik qilgandi, ammo Ralf Rangnikning kelishuvi ma’qullanmadi. Boshqa da’vogarlar «Yuventus» va «Real Madrid» edi. Ammo oxir-oqibat, Xulian «Manchester Siti»ga boradigan bo‘ldi va u yerda Xoland bilan raqobatga kirishadi. Futbolchi ko‘p qirrali va pressingda yaxshi, «Siti» uchun u juda mos futbolchi. Aftidan, «Siti» juda o‘rinli transferni amalga oshirdi - kamida 70 millionlik klassik markaziy hujumchi o‘rniga to‘rtta pozisiyada o‘ynay oladigan Alvares Pep uchun qulay variant.
Alvares Agueroga qiyoslanmoqda va uni «o‘rgimchak» deb atashmoqda. Ko‘pincha Alvaresni «Siti»ning ramziy futbolchisi Serxio Aguero bilan solishtirishadi. Bu futbolchining Manchesterga o‘tishdan oldin ham bo‘lgan. Hujumchilar stilistik jihatdan juda o‘xshash, shuningdek, ular deyarli bir xil balandlikda (173 va 170 sm).
«Men Agueroni hurmat qilaman, uni kuzataman va harakatlarini takrorlashga harakat qilaman», - deydi Alvares. O‘tgan yili Xulian Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi assistentlardan biriga aylandi. Ko‘p gollarni u jarima maydoni ichida kiritgan bo‘lsada, chempionatda eng ko‘p uzoqdan zarbalar yo‘llagan. Serxio ham xuddi shunday ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Argentinada Xulianning Aranita taxallusi bor - O‘rgimchak (yoki Arana - O‘rgimchak). Uni bolaligida hujumchining akasi bergan - Alvaresning oyoqlari to‘p bilan tez ishlagani uchun unga bu nom berilgan. Xulian amalda undan brend yaratdi - u o‘rgimchak odamning o‘ziga xos imo-ishorasi bilan gollarni nishonlaydi.