Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Maksim Shaskix O‘zbekistonga qaytdi. U «Paxtakor» klubida ish boshlaydi

Maksim Shaskix O‘zbekistonga qaytdi. U «Paxtakor» klubida ish boshlaydi

Baho:
+ | -

Kiyevning «Dinamo» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shaskix «Paxtakor» klubida ish boshlaydi. Bu haqda «sherlar» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shaskix 29 may kuni Toshkentga yetib kelgan. «Paxtakor»ning ma’lum qilishicha, Maksim klub boshqaruv tizimidagi lavozimlardan birini egallaydi. Tez orada uning rasmiy lavozimi e’lon qilinadi. Shaskixni Toshkent xalqaro aeroportida klub vakillari va muxlislar kutib olishdi.

«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Shaskix futbolchilik faoliyatini O‘zbekistondan tashqarida o‘tkazgan. U «Dinamo Kiyev» (1999—2009), «Arsenal Kiyev» (2010—2012, 2013) va boshqa qator klublarda to‘p surgan. 1999—2014 yillar mobaynida O‘zbekiston milliy terma jamoasida harakat qilgan.

2016 yilda butsilarini mixga ilgan Shaskix «Dinamo Kiyev»da murabbiy yordamchisi sifatida ish boshladi. 2019 yilda Rossiyaning «Rotor» klubi bosh murabbiyiga assistent bo‘ldi va 2021 yildan u yerdan ketganidan beri ishsiz yurgandi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:27, 29.05.2022.
O'qildi: 4255 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик