Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Nega Toni Kroos 8 yildan beri bir xil butsada o‘ynaydi

Nega Toni Kroos 8 yildan beri bir xil butsada o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Toni Kroos o‘zining beshinchi Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi (shundan 4 tasi "Real" bilan). Madridlik yarim himoyachi finalga chiqdi va jamoasi bilan g‘alaba qozondi. Kroos barcha finallar oralig‘ida bir xil butsalarda o‘ynadi.

Kroos 2014 yildan beri adidas Adipure 11pro butsalarini kiyadi va ularni yangi modelga o‘zgartirishdan bosh tortib keladi. Bu butsalarda u 2014 yilgi mavsumda jahon chempionatida g‘olib chiqdi va "Real"ga o‘tdi.

Boshqa tomondan esa u barqarorlikni yaxshi ko‘radi, haqiqiy nemischa odat shunday emasi? Nemis futbolchisini “yaltir-yultur” uslubdagi forma va butsalar g‘azablanadi. Gol urgandan keyin uni nishonlashni arzon shou deb biladi:

"Mashq qilingan raqslar, xoreografiya elementlari - bularning barchasi ahmoqlik deb o‘ylayman. Men uchun bu haddan tashqari ortiqcha. Bu yoshlar uchun yaxshi namuna emas. Menga Gerd Myullerning golni nishonlashi doim yoqqan".

Ispaniyaning Marca nashrida bir paytlar Kroosga och ko‘k rangdagi butsaning yangi modeli olib kelingani haqida material chiqqan edi. Toni ularni kiyib ko‘rishdan ham bosh tortdi – ularni “Toni Kroos hech qachon o‘ynamagan butsalar” yorlig‘i ostida muzeyga jo‘natishi kerak edi. Adidas Adipure 11pro yarim himoyachi xarakterini aks ettiradi. Retro uslubi, minimalizm, yaxshi sifat. Ushbu fazilatlari uchun Toni ushbu seriyani yoqtiradi va shu kungacha undan foydalanib keladi.

"Mening butsalarim biroz o‘ziga xos, men boshqa hech kimning butsalarini tozalab, men kabi o‘yinga tayyor qilib qo‘yganini ko‘rmaganman", - deya tushuntiradi Kroos. “Men o‘zimni faqat shu modelda qulay his qilaman. Negaligini bilmayman. Ehtimol, gap uning materiali yoki rangidadir. Ayrim futbolchilar uchun yangi butsa olib ertasigayoq unda o‘ynash muammo emas. Bu menga to‘g‘ri kelmaydi, men o‘zimni qulay his qilishim kerak", deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Adidas uzoq vaqtdan beri bu butsa modelini ommaviy ishlab chiqarmaydi, biroq har bir mavsum Kroos uchun bir nechta eksklyuziv juftliklar tayyorlanadi. Ammo Toni eskirgan modellarda o‘ynashni afzal ko‘rgan yagona futbolchi emas.

"Lester" va Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxel so‘nggi mavsumlarda 2002 yilgi Mania va 1999 Predator Accelerator butsalarini kiygan.

Karim Benzema ham eski modellarni yaxshi ko‘radi. Reklama shartnomalari va yangi butsalarda maydonga chiqish majburiyatiga qaramay, vaqti-vaqti bilan u retroga qaytadi

Kiritildi: 15:21, 30.05.2022.
O'qildi: 7138 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик