Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Tilla bola" "Milan"ga o‘tishi mumkin

"Tilla bola" "Milan"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

PSV yarim himoyachisi Mario Gyotse faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Patrik Berger.

Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati futbolchining vakillari bilan allaqachon muzokara o‘tkazgan. Nemis futbolchisiga "Milan"dan tashqari Lissabonning "Benfika" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

29 yoshli yarim himoyachining Gollandiya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining shartnomasida 4-5 million yevro miqdorida tovon puli to‘lash bandi bor. Transfermarkt Gyotseni 12 million yevroga baholagan.

Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda PSV safida 52 o‘yinda maydonga tushib, 12 gol urgan va 11 golga assistentlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi avvalroq Myunxenning "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" kabi klublarni himoya qilgan. Shuningdek, u JCH-2014 finali doirasidagi Germaniya - Argentina uchrashuvi (1:0) g‘alaba goli muallifi hisoblanadi.

Kiritildi: 16:50, 31.05.2022.
O'qildi: 3388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик