Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

«Barselona» o‘ndan ortiq futbolchisi bilan xayrlashib, 8 nafar yangi o‘yinchini transfer qilishi mumkin

«Barselona» o‘ndan ortiq futbolchisi bilan xayrlashib, 8 nafar yangi o‘yinchini transfer qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Xavi yozda «Barselona»da jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirmoqchi.

Yaqin soatlar ichida Xavi va klub prezidenti Xoan Laporta jamoani qayta qurish masalasini muhokama qiladi. Murabbiy 8 nafar yangi futbolchi xarid qilinishi va 10—12 nafar futbolchini sotib yuborishni talab qilishi kutilyapti, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Uchrashuvda «Barselona» direktori Mateu Alemani, klub prezidenti maslahatchisi Yordi Kroyff va «Barselona» vise-prezidenti Rafa Yuste ishtirok etadi.

Xavi qanot himoyachilari Sesar Aspilikueta va Markos Alonso, markaziy himoyachi Andreas Kristensen, yarim himoyachilar Frank Kessie va Ruben Nevesh, vinger Rafinya, hujumchi Robert Levandovskini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Ushbu futbolchilarning ayrimlari bilan muzokaralar allaqachon boshlangan. Xususan, «Barselona»ga erkin agent sifatida o‘tayotgan Frank Kessie va Andres Kristensen bilan. Ayrim futbolchilarning klublari bilan muzokara o‘tkazilmoqda. Masalan, Sesar Aspilikueta va Markos Alonso. Ikkala himoyachi ham hozirda «Chelsi» sharafini himoya qiladi. Qolgan transferlar esa katalonlarning moliyaviy imkoniyatlariga qarab amalga oshiriladi.

Direktorlar kengashi yig‘ilishida «Barselona» yangi xarid qilinadigan futbolchilarni ro‘yxatga olish imkoni bo‘lishi uchun klubning moliyaviy holatini yaxshilaydigan va moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartiradigan choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Xavi o‘zi ishonmayotgan futbolchilar bilan allaqachon gaplashib olgan. Mutaxassis darvozabon Neto, himoyachilar Samuel Umtiti, Oskar Mingesa, Kleman Langle, yarim himoyachi Riki Puch, vinger Adama Traore, hujumchilar Martin Breytueyt va Lyuk de Yong bilan shaxsan o‘zi uchrashgan.

Traore va de Yong bilan ijara shartnomasi tugatilib ular o‘z jamoalariga qaytariladi. Biri «Vulverhempton» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, yana birining transfer huquqi «Sevilya»ga tegishli.

«Barselona» tarkibida kelajagi noma’lum bo‘lib qolayotgan 4 nafar futbolchi bor. Ulardan biri shartnomasi yakuniga yetayotgan Usmon Dembele. Fransuz hozircha yangi shartnoma imzolagani yo‘q. Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar» Frenki de Yong, Memfis Depay va Serjinyo Dest borasida qiziqarli taklif tushsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyor.

Xavi kutilayotgan yig‘ilishda ushbu rejalarni Laportaga taqdim etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:53, 31.05.2022.
O'qildi: 7577 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик