Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Fran Beltran ko‘prog‘iga da’vogar

Fran Beltran ko‘prog‘iga da’vogar

Baho:
+ | -

23 yoshli Fran Beltran yakunlangan mavsum mashaqqatli mehnat, kamtarlik va iste’dod tufayli Eduardo Koudet qo‘l ostidagi «Selta»ning asosiy futbolchilari qatoriga qo‘shildi.

Vigo klubi yarim himoyachisi ayniqsa, Primero finishga yaqinlashgan palla, ya’ni chempionatning oxirgi turlarida faollikni oshirdi, o‘yinlarda alohida ajralib turdi. SPORT nash­ri jurnalisti Ispaniya ligasi kashfiyotlaridan biri bilan suhbatda uning aynan shu yuksalishi haqida gaplashdi.

- «Selta» chempionatda chakki ko‘rinmadi. Aytingchi, Eduardo Koudet jamoada avvalo, nimalarni o‘zgartirdi?

- O‘zi «Chacho» (murabbiyning laqabi) mehnati munosib qadrlanmaydigan mutaxassislar toifasidan. Aytishim mumkinki, shu yondashuv tufayli klubimiz bir necha yil davomida ancha qiynaldi. Deylik, «Selta»ga hattoki, quyi ligaga tushib ketish xavf soldi, o‘shanda so‘nggi o‘yingacha qil ustida turgandik. Mana, Koudet jamoaga naqadar mos kelishini amalda isbotladi. U avvalo, yigitlarga hech qachon bo‘shashmaslikni o‘rgatdi. Endi ko‘p narsaga erishishimiz mumkinligini yaxshi bilamiz. 

- Kelasi mavsum jamoa oldiga yevrokuboklarga chiqish majburiy vazifa sifatida qo‘yiladimi? Har holda, «Selta»ning 100 yilligi nishonlanadi.

- Muhimi, jamoada ishtiyoq masalasida muammo yo‘q. Hozir uzoq muddatga mo‘ljallangan reja bo‘yicha barqarorlikni topish harakatidamiz. O‘ylaymanki, klub to‘g‘ri yo‘lda. Yevrokuboklar masalasiga kelsak, oshkora tan olish kerak, qatorasiga ikki mavsum jadvalning ikkinchi qismida kurashgan jamoaning qo‘qqisdan xalqaro darajaga ko‘tarilishi oson emas. Bunaqasi kamdan-kam kuzatiladi.

- Mana, qoyilmaqom o‘yinlaringiz ortidan Koudet jamoasining asosiy «figura»laridan biriga aylandingiz...

— Har doim tinmay shug‘ullanadigan, qiyinchiliklarga qaramay, ortga chekinmaydigan yigitman. Jamoada joy topish uchun astoydil kurashdim. Mabodo o‘rnimni yo‘qotib qo‘ysam, uni qaytarish yo‘lida yanada ko‘proq ter to‘kishim aniq. Umid qilamanki, o‘rnimni endi bermayman, chunki o‘z ustimda ishlashdan qochmayman. Zero, nafaqat futbol, balki hayotda ham maqsad sari faqat mehnat qilish kerak.

- Yaqinda «Selta» bilan shartnomangiz muddatini 2026 yilgacha uzaytirdingiz. Kelajagingizni qanday ko‘ryapsizmi?

- Futbolda kelajakni bilish imkonsiz. Bugun bir klubdasiz, ertaga boshqasida... Ha, shartnomamni yangiladim, demak, yaqin yillarda «Selta» bilan birga bo‘laman. Ajraladigan kun kelsa, yaxshilikcha xayrlashaman, albatta. Bugungi haqiqat shuki, hozircha birgamiz va yagona yo‘nalish bo‘yicha oldinga intilamiz.

- Ispaniya termasida allaqachon debyut qildingiz. Milliy jamoadagi istiqbolingiz haqida nima deya olasiz?

- Tushunarliki, mamlakatning bosh jamoasida o‘ynash - orzu. Lekin 1ta o‘yin orzu ushalganini anglatmaydi. Demoqchimanki, ancha ko‘prog‘ini xohlayman. Meni boshqa chaqirishmaydimi? Ehtimol, lekin vijdonim qiynalmasligi uchun hamisha bor kuch bilan ishlayveraman.

- Ispaniya U-21 termasida Pedri va Erik Garsiya bilan birga o‘ynagansiz. Hozirgi «Barsa» o‘yini yoqyaptimi?

- Har ikkisi juda iqtidorli. Pedri va Erik hozir shunday saviyada o‘ynashayotgan ekan, demak, bu ularda o‘ziga xos jihatlar borligidan dalolat. Haqiqat bitta - har ikki futbolchi ancha kuchli. Shu joyda aytishim kerak, «Selta» ham yoshlarni tarbiyalash g‘oyasiga sodiqdir.

- To‘p bilan muomala qilishda ajralib turibsiz. Bu borada kimni e’tirof etasiz?

- Serxio Busketsni. U hech qachon tezkorlik yoki jismoniy kuch masalasida birinchi bo‘lgan emas, lekin to‘pni yaxshi nazorat qilishi tufayli hamisha eng yaxshi yarim himoyachilar qatorida. Chunki hudud va vaqtni qoyilmaqom tarzda bosh­qaradi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda unashtirilganingizni e’lon qildingiz. To‘y yaqinmi?

- Ha, albatta. Vaqti keldi. Marosimni yoz oylariga mo‘ljallayapmiz. Barchasi go‘zal bo‘lishi va hamma zavq olishidan umidvorman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:28, 31.05.2022.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.