Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jamoani tark etdi. Bunga otasining vafoti sabab bo‘lgan, deb yozadi L'Equipe.
Desham yo‘qligida Fransiya terma jamoasini yordamchi murabbiy Gi Stefan boshqaradi.
3 iyun kuni Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi bahs olib boradi. Umuman olganda, terma jamoa 11 kun ichida to‘rtta uchrashuv o‘tkazadi.