"Real"ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar Kilian Mbappe Madrid klubiga o‘tmaganidan xursandligini yashirmadi.
"Mbappe asosiy tarkibga kirishimni yanada qiyinlashtirgan bo‘lardi, shuning uchun fransiyalik futbolchi "PSJ"da qolishga qaror qilganidan xursand bo‘lishimiz kerak.
Men “Real”da qolaman va barchaga faoliyatim tugamaganimni isbotlayman”, dedi Azar.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe shu yozda "Real"ga o‘tishi mumkin edi, ammo 23 yoshli futbolchi Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishni ma’qul ko‘rdi.